Shoxruh Zohidning ahvoli haqida xabar berdi

Shoxruh Zohidning ahvoli haqida xabar berdi

Ayni paytda "Ummon" guruhining sobiq a’zosi Shoxruh Zohidning ahvoli haqida xabar qildi.

Shoxruhning gapiga ko‘ra, Zohidning salomatligi yaxshi. Xavf ortda qolgan. U shifoxonada, davolanishda davom etmoqda.

"Hamma-haamaga rahmat! Hol-ahvol so‘rab SMS yozganlarga biz bilan yonimizda turganlarga rahmat aytaman. Azizlar, duoda bo‘ling, ko‘pchilikning duosi ijobat deyishadi, inshaalloh. Uzoq yurtlarda turib biz bilan birga bo‘lganlarga ham rahmat deyman", - deydi Shoxruh.

Eslatib o‘tamiz, 30 sentyabr kuni poytaxtning Yunusobod tumanida joylashgan “Mega Planet” savdo markazi yaqinida soat taxminan 23:00 atrofida "Ummon" guruhi xonandasi “BMW” rusumli avtomashinasida katta tezlikda boshqaruvni yo‘qotib, avtohalokatga uchragan edi. YHT oqibatida bir kishi vokea joyida xalok bo‘lgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!