"Shov-shuvli video": Tog‘li Qorabog‘ mudofaa vaziri o‘ldirildi (VIDEO)

"Shov-shuvli video": Tog‘li Qorabog‘ mudofaa vaziri o‘ldirildi (VIDEO)

Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ziddiyatda, tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi (TQR) mudofaa vaziri Jalol Arutyunyan vafot etgan. Armiya qo‘mondonining o‘limi haqida Haqqin.az nashri xabar bermoqda. Arutyunyan 1992 yildan beri tinch Ozarbayjon aholisiga qarshi harbiy jinoyatlar va terrorizmda ayblangan.

Bosh qo‘mondon xizmat mashinasida "jangovar pozisiyaga" ketayotganida dron orqali berilgan zarba mashinasini vayron bo‘lgan. Nashr mazkur holat aks etgan "shov-shuvli video"ni e’lon qildi.

Erevan va Stepanakert Arutyunyan o‘limini inkor etmoqda. Bir kun oldin u jarohati tufayli lavozimini tark etgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!