Shomurodovning taqdiri hal bo‘ldi

Shomurodovning taqdiri hal bo‘ldi

"Roma" hujumchisi Eldor Shomurodovning taqdiri nihoyat hal bo‘ldi. O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini "Bolonya"da davom ettiradigan bo‘ldi.

Bolonyaliklar Eldorni bir yilga ijaraga olishadi. Shuningdek, ushbu jamoa kelasi yilning yozida Shomurodovning transferini sotib olish majburiyatini ma’lum shart asosida o‘z zimmasiga oladi. Bu shart forvardning o‘yinlari va gollari soniga bog‘liq bo‘ladi.

Transfer summasi esa 9 million yevroga teng bo‘ladi. "Roma" transfer summasi 11 million bo‘lishini istagandi, ammo jamoa narxni tushirishga majbur bo‘ldi.

Shu tariqa, "Bolonya" Shomurodov uchun kurashda "Torino" va "Sassuolo"dan ustun keldi. Shartnoma imzolash jarayoni dushanba kuniga belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!