Shols Ukrainani tezda o‘q-dorilar bilan ta’minlashga chaqirdi

Shols Ukrainani tezda o‘q-dorilar bilan ta’minlashga chaqirdi

Shols Ukrainani tezda o‘q-dorilar bilan ta’minlashga chaqirdi.

"Evropalik hamkorlarimiz bilan birgalikda Ukraina omon qolishi va o‘zini himoya qilishi uchun qurol va jihozlar olishini ta’minlashda davom etamiz", — deydi Germaniya kansleri Bundestagdagi hukumatga bayonoti chog‘ida.

Uning ta’kidlashicha, Germaniya Ukrainani siyosiy, moliyaviy, gumanitar sohada va qurol-yarog‘ bilan qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaydi.

Shols Ukrainani o‘q-dorilar va qurol-yarog‘ bilan ta’minlash masalasida kelgusi qadamalar keyingi haftada, Yevropa Ittifoqi sammiti chog‘ida tashlanishini kutmoqda. "Uchrashuvdan maqsad uzluksiz ta’minotga erishishdir", — deya qo‘shimcha qildi Germaniya kansleri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!