Shol’s: Qorabog‘liklarning huquqlari kafolatlanishi kerak

Germaniya kansleri Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefonda suhbatlashdi. U Tog‘li Qorabog‘ aholisiga insonparvarlik yordamini ko‘rsatish muhimligini ta’kidladi.
Ozarbayjon nazorati ostidagi Qorabog‘ armanlaridan tashkil topgan aholining huquqlari va xavfsizligi kafolatlanishi kerak. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shol’s aytdi.
22-sentyabr kuni kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali gaplashgan Shol’s "mintaqadagi aholiga insonparvarlik yordami" vaziyatning diqqat markazida ekanligini bildirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, xalq xavfsizligi va insonparvarlik yordami “endi Ozarbayjon zimmasida”.
Shol’s Pashinyanga gumanitar yordam mintaqani Armaniston bilan bog‘laydigan "Lochin" yo‘lagi orqali amalga oshirilishi kerakligini ma’lum qildi.
Kansler harbiy kuch ishlatilishini yoqlamasligini ta’kidlab, Germaniya muzokaralar yo‘li bilan yechim topish va Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida mustahkam tinchlik o‘rnatish tarafdori ekanini qo‘shimcha qildi.