Shols Isroil haqida nima dedi?
Sholsning izohlari nemis ommaviy axborot vositalarida hukumat Isroilga qurol yetkazib berishni sekinlashtiryaptimi yoki yo‘qmi degan qarama-qarshi xabarlardan bir necha hafta o‘tib chiqdi.
Oxirgi sakkiz hafta ichida Germaniya hukumati Isroilga 31 million yevro (33,7 million dollar) qiymatidagi harbiy texnika va o‘q-dorilar eksportini tasdiqladi, bu butun yil davomidagidan ikki baravar ko‘pdir, deya xabar beradi DPA nemis axborot agentligi.
«Etkazib berishlar bor va har doim keyingi yetkazib berishlar bo‘ladi. Isroil bunga tayanishi mumkin», dedi Shols o‘z nutqida.
G‘azo qirg‘inini qo‘llayotgan kansler Isroil ochlikdan urush quroli sifatida foydalanayotgani haqidagi aniq xabarlar ortidan G‘azodagi xalqaro qonunlarni hurmat qilishi va gumanitar yordamning hududga kirishiga ruxsat berishi kerakligini ta’kidladi.
U G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga chaqirdi va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bu g‘oyaga qarshi ekanligini e’lon qilganiga qaramay, ikki davlat asosidagi yechim mojaroga barham berishning yagona yo‘li ekanligiga ishonchini takrorladi.
Shols, shuningdek, Eronni Isroilga raketa zarbalari berishni to‘xtatishga chaqirib : «Eron olov bilan o‘ynamoqda. Buni to‘xtatish kerak», dedi.