Shohjahon Ergashev Shahramga javob berdi: "Men jangga tayyorman. Sen esa yaxshiroq tayyorlan"
Avvalroq bokschi Shahram G‘iyosov faoliyatini yakunlagan Shohjahon Ergashevga murojaat qilgani haqida xabar bergandik.
Shohjahon Shahramning "tugallanmagan o‘zaro jang" haqidagi fikriga javob qaytardi.
"Men ham seni uchratganimdan xursandman. Sening sportdagi faoliyatingni hurmat kilaman. Sen juda kuchli bokschisan. Albatta, men ham sen bilan jang qilishni xohlar edim, afsuski, men boksni tashladim. Lekin otam bilan gaplashishim kerak, agar u manga ruxsat bersa, sen bilan jang qilishga tayyorman. Ammo tayyorgarliging yuqori bo‘lsin. Men ham sen bilan hisobni yopib, boksni tamomlashni istardim. Sening ham kelgusi ishlaringga omad", deb yozdi Shohjahon Ergashev.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)