Shofirkon tug‘ruqxonasida janjal: aslida nima bo‘lgan?

Shofirkon tug‘ruqxonasida janjal: aslida nima bo‘lgan?

Ijtimoiy tarmoqlarda Shofirkon tumanida joylashgan tug‘ruq kompleksida sodir bo‘lgan holat yuzasidan video tarqaldi.

Videoda yoshi keksa fuqaroning shifokorlarni poraxo‘rlikka ayblab, eshik oynasini sindirgani va bir ayolning yerda yiqilib yotgani holati aks etgan. Unda fuqaro, ya’ni tug‘ilgan chaqaloqning bobosining aytishicha, tug‘ruq kompleksidan bolani olib chiqish uchun shifokorlardan biri undan pul berishini talab qilgan. Ular so‘ralgan pulni berishmasa, ona va bolani uyiga ruxsat bermasliklarini bildirishgan. Shundan so‘ng fuqaro tibbiyot xodimlari bilan tortishuvga borgan.

Videoxabar keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 6 oktyabr kuni Shofirkon tumani, Jo‘yrabod mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi ayolda tuman Markaziy shifoxonasi Tug‘ruq bo‘limida fiziologik tug‘ruq qayd etilgan. Oradan uch kun o‘tgach, 9 oktyabr kuni ayolning qaynotasi kelinini uyiga olib ketishini so‘ragan. Biroq, tibbiyot xodimlari tomonidan kelinning holatidan kelib chiqib, uni 10 oktyabr sanasida uyiga ketishga ruxsat berilishi ma’lum qilishgan. Shunga qaramasdan, qaynota tomonidan keskin norozilik bildirilgan. Jahlga mingan fuqaro shifokorlarning suyunchi puli talab qilishganini va ular so‘ragan pulni bera olishmagani uchun uyiga ruxsat berishmayotganini aytgan.

Holat ichki ishlar idoralari tomonidan kuzatuv kameralari orqali o‘rganilgan. Unda yerda yotgan ayol, ya’ni fuqaroning xotini u eshik oynasini jahl ustida qasddan sindirayotgan vaqtda qo‘lining zarb bilan tegib ketishi oqibatida ayolning yerga yiqilib ketgani ko‘ringan.

Mavzu yuzasidan muhokamalar kuchaygan, Tug‘ruqxonada janjal ko‘targan fuqaroning keyingi videosi tarqalgan. Unda o‘zini K.N. deb tanishtirgan fuqaro bo‘lgan holatni so‘zlab berayotganda: «Meni shifokorlar o‘z qabuliga chaqirishdi va kelinim tuqqani uchun xayriya qilishimni so‘rashdi. Men «sizlarga davlat oylik bermaydimi» deb so‘raganimda: «kolodeslarni chiqindidan tozalash uchun xayriya qiling» deyishdi. Men esa narxini so‘raganimda «Himmatingiz» deyishdi. Men esa rozi bo‘lib, cho‘ntagimdan yigirma besh ming so‘m pul chiqarib berdim. «Bu pulingizni borib lo‘lilarga bering» deb pastga urishdi. Men hozir yonimda pulim yo‘qligini, o‘g‘lim kelsa, o‘zi hal qilishini aytdim. O‘g‘lim 10 yilda o‘g‘il farzand ko‘rgandi, 4 nafari nobud bo‘lgandi. Vaziyatni tushuntirishimniyam inobatga olishmadi. «Jarima» sifatida kelinimga ruxsat berishmasligini aytdi»,-degan fuqaro.

Fuqaro N.K.ning so‘ziga ko‘ra, yiqilgan xotiniga e’tibor bermay, tibbiy yordam ko‘rsatishmagani uchun jahl ustida eshik oynasini sindirib, baqir-chaqir qilgan. Shuningdek, fuqaro uni tibbiyot xodimlarining nojoiz so‘zlar bilan haqorat qilishgani, hatto, pichoqni qo‘lga olib, K.N.ni o‘ldirishga tahdid qilgani to‘g‘risida gapirgan.

Ko‘p o‘tmay, Shofirkon tumanidagi guruhlardan birida tibbiyot xodimlarining bir necha kun ilgari tuqqan va bemor holatda bo‘lgan ayol bilan tortishishgani, ayolning qon yo‘qotayotgan holatda o‘rnidan turib, yig‘lab, noma’lum muammoga duch kelgani videosi tarqalgan.

«Keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘layotgan holat tekshirilmoqda. Aniqlik kiritilganidan so‘ng javobgarlik masalasi hal etiladi. Ayni damda fukaro tomonidan keltirilgan vaj, ya’ni tibbiyot xodimlarining «korrupsiya holatlari qayd etilgan» degan jumla huquq-tartibot idoralari tomonidan nazoratga olingan va o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Yana shu o‘rinda aytish kerakki, pul so‘rasa, kasalxonaning eshiklarini sindirib tashlash kerak, degani emas. Belgilangan tartibda organga murojaat qilishi kerak edi. Bu yerda huquqbuzarlik uchun javobgarlik masalasi yo‘q emas. Tafsilotlar to‘liq o‘rganilgach, har ikkala holatga ham huquqiy baho beriladi»,-dedi Buxoro viloyati IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov.

O‘zini tanishtirishni istamagan shofirkonlik fuqaroning aytishicha, bundan 3 yilcha ilgari uning ushbu Tug‘ruq kompleksida farzandini dunyoga keltirgan turmush o‘rtog‘iga ham xuddi shunday qo‘pol munosabatda bo‘lishgan. «Ushbu Tug‘ruq kompleksida odamlarni haddidan oshishiga majbur qiladigan holatlar ko‘p. Yuqori turuvchi organlar ham huquq-tartibot idoralari tomonidan jiddiy va sinchkov o‘rganilsa, juda ko‘p salbiy holatlarga guvoh bo‘lishadi»,-deydi fuqaro.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

«An-Nasr» futbolchilariga avtomobil sovg‘a qildi. Ronaldu va Manega BMW XM topshirildi

Саудия Арабистонининг «Ан-Наср» клуби ўз футболчиларига қимматбаҳо совға тайёрлади.

Ukraina dushman uchun «Jahannam» tayyorladi

Бу ҳақда Украина президенти Владимир Зеленский Борис Патон номидаги миллий мукофотни топшириш чоғида маълум қилди.

Ronalduning narxi rekord darajada pastladi

«Transfermarkt» портали саҳифаларида «Ан-Наср»нинг юлдуз ҳужумчиси Криштиану Роналдунинг нархи янгиланди.

16 dekabr kuni yana izg‘irin sovuq qaytadi

Ўзгидромет ўзининг 14-16 декабрь кунлари учун эълон қилган прогнозларида бу хақида маълум қилди.

O‘zbekistonda hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

«Ўзгидромет» 9-11 декабрь кунлари кутилаётган об-ҳаво маълумотини эълон қилди.

Rossiya Ukrainadan yerlarini qaytarib olganini e’lon qildi

Киев кучлари август ойида қуруқликдан у ерга катта ҳужум уюштирган эди.

Ertaga O‘zbekistonda qor yog‘ishi kutilmoqda

“Ўзгидромет” Ўзбекистонда 15 декабрь, якшанба куни об-ҳаво қандай бўлиши ҳақида маълумот берди.

Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga qarshi bayonot bilan chiqdi

Москва Яманнинг “Ансоруллоҳ” гуруҳи билан алоқада экани, Исроил ва унинг иттифоқчиларига қарши амалиётларида унга ёрдам бериш учун қурол жўнатаётгани АҚШнинг ғазабини қўзғатди.

Ronaldu: «Orzu haqiqatga aylandi»

Криштиану Роналду Португалия 2030 йилги жаҳон чемпионатига мезбонлик қилиши ҳақида гапирди.

«AQSh hamkorlari» Rossiyadan «yarim yo‘lda to‘xtamaslikni» so‘radi

Вашингтоннинг обрўси пасаймоқда, АҚШнинг Осиё, Африка ва Лотин Америкасидаги кўплаб шериклари Россиядан Украинада «ярим йўлда тўхтамасликни» сўраяпти.

Erkinjon Turdimovning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

Самарқанд вилояти ҳокими лавозимидан озод этилган Эркинжон Турдимов Президент Администрациясига ишга ўтказилади.

Yurtimizga qachon qor yog‘adi?

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Havo harorati -8 darajagacha tushishi kutilmoqda

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Rossiyalik polisiyachilar ommaviy ravishda ishdan ketmoqda

Россияда шундай ҳудудлар борки, у ерда участка полиция инспекторлари лавозимларининг 90 фоизигача бўш, ва битта ходим тўққизта ходим ўрнига ишлашга мажбур бўлмоқда.

Rossiya o‘z ishini boshladi

Россия армияси Украинадаги нишонларга яна камикадзе дронларини учиришни бошлади.

Turkiya Isroilga xabar yubordi

Агар Нетаняху маъмурияти Трампдан яшил чироқ олса...

Suriyaliklar ruslarni o‘rta barmog‘ini ko‘rsatgan holda kuzatib qo‘ydi

Россия қўшинлари Суриядан чиқиб кетмоқда, деб ёзади хорижий ОАВ.

Rossiya armiyasi jadallik bilan oldinga ketmoqda

Украина Қуролли кучлари бош штаби 13 декабрь куни кечки ҳисоботида Донетск вилоятининг жануби-ғарбий қисмидаги Покровск ва Времивка йўналишларида «кескин вазият» ҳақида маълум қилди.

Buxoroda G‘ijduvon bozori dahshatli tarzda yonmoqda

Бу ҳолат бўйича қўшимча маълумот берилади.

Erdo‘g‘an Suriya hududlarini Turkiya tarkibiga qo‘shib olishga va’da berdi

Бу ҳақда Туркия Президенти Сакарядаги чиқиши давомида гапириб ўтди

«Doimiy hujum»

Исроил ҳарбийлари тез ёрдам машиналарини ишдан чиқаришга уринган.

Isroil Nuseyrat qirg‘inidan bir kun o‘tib G‘azodagi maktab va uylarni bombardimon qilmoqda

Исроил сўнгги бир кун ичида Ғазо шаҳридаги иккита мактабга зарба бериб, тинч аҳолини нишонга олишда давом этар экан, камида 52 кишини ўлдирди.

Suriyadagi kurd terrorchilar Isroildan yordam so‘radi

Бу ҳақда Исроил Ҳаём хабар берган.

Rossiya neft bazasiga zarba berildi

Муваффақиятли ҳужумни Украина Қуролли кучлари Бош штаби тасдиқлади.

Janubiy Koreada harbiylar tayyor bo‘lishga chaqirildi

Мудофаа вазири вазифасини бажарувчиси ҳарбийларни «тайёр бўлишга» чақирди.

Janubiy Koreya prezidenti ishdan bo‘shatildi

Жанубий Корея парламенти ўтган ҳафтада мамлакатда ҳарбий ҳолат жорий этишга муваффақиятсиз уриниш қилган президент Юн Сок Ёлга импичмент эълон қилиш учун овоз берди, деб хабар бермоқда “Yonhap”.

Suriyada «jihod dorisi»ning katta zahiralari topildi

Дамашқда Сурия миллий армияси «жиҳод дориси» деб ҳам аталадиган ноқонуний Cаптагон дорисининг катта захирасини топди.

Tailanddagi festivalda bomba portlashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Таиланднинг Ум Пҳанг шаҳрида Қизил Хоч фестивалида портлаш содир бўлди, оқибатда 50 га яқин киши жароҳатланди, тўрт киши ҳалок бўлди, деб хабар бермоқда Ком Чад Луэк.

Janubiy Koreya parlamenti prezidentga impichment e’lon qildi

Жанубий Корея парламенти президентнинг импичментини қўллаб-қувватлади.

Xorazmdagi kiyim-kechak do‘konlarida yong‘in chiqdi

Ёнғин натижасида тан жароҳати олган ва вафот этганлар йўқ.

Isroillik ravvin: “G‘azoda hammani, hatto chaqaloqlarni ham o‘ldiring”

Исроил ишғоли остидаги Яффа шаҳридаги Шират Моше Ҳесдер ешива раҳбари Элияҳу Малининг Ғазо аҳолиси, жумладан, болалар ва чақалоқларни йўқ қилишга оид чақирувлари жиддий эътирозларга сабаб бўлди. У ўз нутқида “яҳудийча” уруш тамойилларини мисол қилиб келтирган.

Ukrainaga keng ko‘lamli hujum: 300 ga yaqin raketa va dronlar

Украина президенти Владимир Зеленский маълум қилишича, бугунги ҳужум пайтида Россия қўшинлари Украинага қарийб 93 та ракета ва 200 га яқин учувчисиз қурилма учирган.

Kreml Trampning Ukrainaning Rossiyaga bergan zarbalarini tanqid qilganini olqishlaydi

«Биз ўт очишни тўхтатмоқчи эмасмиз, биз шартлар бажарилиб, барча мақсадларимизга эришгандан сўнг тинчлик бўлишини истаймиз», — деди Песков.

Rossiya Yevropa Ittifoqi sanksiyalar tufayli qancha zarar ko‘rganini e’lon qildi

Россия Федерацияси ташқи ишлар вазири ўринбосари Александр Грушконинг таъкидлашича, Европа Иттифоқи Россияга қарши санкцияларнинг таъсирида катта иқтисодий зарар кўрмоқда.

AQSh Ukrainaga shoshilinch yordamni e’lon qildi

Жо Байден «биз ушбу маъмуриятни охиригача қўшимча пакетлар билан таъминлашни давом эттирамиз,» деб айтган.

Sergelidagi MaxWay binosida yong‘in chiqdi

Янги Сергели кўчасида содир бўлган ёнғин ҳақида маълумот 13 декабрь куни соат 16:12 да келиб тушган. Соат 16:19 да ёнғин-қутқарув гуруҳи воқеа жойига етиб келди.

Samarqandda 23 yoshli kosmetolog va byuti-bloger o‘zini 8-qavatdan tashlab halok bo‘ldi

Марҳуманинг ўлим сабабини аниқлаш мақсадида суд-тиббий экспертизаси тайинланган.

Kaliforniyadagi yirik yong‘in tufayli 12 ming kishi evakuasiya qilindi

Лос-Анжелес округи ёнғин департаменти маълумотларига кўра, “Франклин” ёнғини бир кечада 39 фоизга ўсган

Rossiya Ukrainaga katta hujum boshladi

13 декабрь куни эрталаб Россия Украина ҳудудига 93 та ракета ва 200 га яқин дрон учирди.

Suriyalik isyonchilar Hafiz Asadning maqbarasiga o‘t qo‘yishdi

«Ҳайят Таҳрир аш-Шам» ҳаракати бошчилигидаги исёнчилар яшин тезлигида Сурияни қўлга киритиб, Асадлар оиласининг 54 йиллик ҳукмронлигига нуқта қўйди. Мамлакатни ташлаб қочган президент Башар Асад ва унинг оиласига Россия бошпана берди.