Shimoliy va Boltiqbo‘yi davlatlari Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga va Moskvaga bosim o‘tkazishga va’da bermoqda

Shimoliy va Boltiqbo‘yi davlatlari Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga va Moskvaga bosim o‘tkazishga va’da bermoqda

Boltiqbo‘yi davlatlari, shuningdek, Shimoliy Yevropa – Finlyandiya, Islandiya, Norvegiya va Shvesiya Ukrainaga iqtisodiy, harbiy va gumanitar yordam ko‘rsatishni davom ettirishga va Moskvaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishga va’da berdi.

Bu haqda dushanba kuni Kiyevga tashrif buyurgan va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashgan ushbu davlatlar tashqi ishlar vazirlari qo‘shma bayonotida aytiladi.

Vazirlar Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri Shimoliy va Boltiqbo‘yi mamlakatlari Ukrainaga o‘z mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun Kiyevga siyosiy va moddiy yordam ko‘rsatganini yana bir bor ta’kidladilar.

Vazirlar Rossiyaga yordam berishda davom etayotgan davlatlarni qoralab, urush jinoyatlari uchun javobgarlikni Moskva bilan bo‘lishish kerakligini ta’kidladilar, shuningdek, Rossiyani turli bahonalar bilan qo‘lga olingan yoki noqonuniy ravishda deportasiya qilingan Ukraina fuqarolarini zudlik bilan ozod qilishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!