Shimoliy Koreya Rossiyaga qurol yetkazib berish orqali 5,5 milliard dollarga yaqin mablag‘ ishlab olgan bo‘lishi mumkin. Bu Germaniyadagi Fridrix Nauman jamg‘armasi tomonidan hisoblab chiqildi. Tadqiqot davomida razvedka xizmatlarining hisobotlari, sizib chiqqan hujjatlar, shuningdek, KXDR qurollari savdosi bo‘yicha avvalroq imzolangan bitimlar qiymati o‘rganilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, qurol savdosidan tushgan mablag‘lar Shimoliy Koreyaning butun iqtisodiyotining taxminan chorak qismini tashkil etadi. Janubiy Koreya Markaziy bankining ma’lum qilishicha, KXDR yalpi ichki mahsuloti 2023 yilda 23,7 milliard dollarni tashkil etgan.
KXDR qurol eksporti bo‘yicha hech qanaqa ma’lumotlarni e’lon qilmaydi, bu esa batafsil tahlillarni o‘tkazishga deyarli imkoniyat bermaydi. Janubiy Koreya maxsus xizmatlari o‘z hisobotlarini sun’iy yo‘ldoshlar orqali olingan suratlar orqali asoslaydi — Seul ular yordamida qo‘shni davlatdagi dengiz transportini kuzatadi. Ushbu ma’lumotlardan kelib chiqilsa, KXDR birinchi navbatda Rossiyaga artilleriya snaryadlari va kichik masofaga mo‘ljallangan raketalarini yetkazib bermoqda.
Jamg‘arma tadqiqotida qayd etilishicha, Rossiya Ukrainaga qarshi urushda Shimoliy Koreya qo‘shinlaridan foydalanishni boshlasa, Moskva bilan harbiy hamkorlik natijasida Pxenyanning daromadi «yuzlab million dollarga» oshishi mumkin. Prognozlarga ko‘ra, Kim Chen In mamlakatdagi barqarorlikni xavf ostiga qo‘ymaslik uchun Vladimir Putinga 20 mingdan ziyod askarini beradi, ammo buncha miqdordagi qo‘shinning frontga jalb etilishi urushni Rossiya foydasiga hal etmasligi mumkin. Mazkur qadam aks natijani — Ukrainani qo‘llab-quvvatlash faollashishiga sabab bo‘lish ehtimoli mavjud.
Jamg‘arma ma’lumotlarida keltirilishicha, KXDR va Rossiya o‘rtasidagi rasmiy savdo joriy yilning birinchi yarmida 52,9 million dollargacha o‘sgan. Bu 2023 yil davomida kuzatilgan ko‘rsatkichlardan 18,5 million dollarga ko‘p. Tahlilchilar ikki tomonlama savdo 2017 yilda Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalar kuchaytirilgan davrdan oldingi darajada qaytishi mumkinligini istisno etmayapti.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Санкциялар Россиядан олиб ташланиши ва АҚШга ўтказилиши керак, чунки Нью-Йоркдан фарқли ўлароқ, Москвада санкциялар остида ўнлаб метро станциялари очилди . Ирландиялик журналист Чей Боуз Х ижтимоий тармоғидаги саҳифасида шундай таклиф билан чиқди.
20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.
Россия газини Украина орқали етказиб беришнинг тўхтатилиши европаликларнинг турмуш даражасига “энг салбий таъсир кўрсатади”, шунингдек, Европанинг иқтисодий салоҳиятини заифлаштиради, дейди Россия ТИВ матбуот котиби Мария Захарова.
Украина Миллий хавфсизлик ва мудофаа кенгаши қошидаги дезинформацияга қарши кураш маркази раҳбари Андрей Коваленко Россия Федерациясининг 810-денгиз пиёдалари бригадасига “муваффақиятли зарба” берилганини эълон қилди.
Financial Times газетасининг хабар беришича, Россия ҳарбийлари уруш бошланган тақдирда Япония ва Жанубий Кореядаги 160 та обектни ўз ичига олган нишонлар рўйхатини ишлаб чиққан.
Ички ишлар вазирлигининг дастлабки маълумотларига кўра, 2024 йилда 36 816 киши бўғозни кесиб ўтган, бу 2023 йилда келган 29 437 кишидан 25 фоизга кўп. Бироқ, уларнинг умумий сони 2022 йилда қайд этилган рекорд 45 774 кишидан 20 фоизга кам.