Pxenyan bir kunda taxminan 800 ming kishilik armiya to‘plaganini ma’lum qildi. Ular go‘yo AQShga qarshi kurashishga tayyor.
«Yoshlarning armiyaga borishga bo‘lgan ishtiyoqi ortib borayotgani yosh avlodning bebaho sosialistik mamlakatimizni yo‘q qilish uchun so‘nggi sa’y-harakatlarini amalga oshirayotgan urush manyaklarini ayovsiz yo‘q qilishga bo‘lgan bukilmas irodasining namoyonidir», deb iqtibos keltirmoqda Reuters.
Pxenyanning bu haqdagi bayonoti 16 mart kuni AQSh va Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlariga javoban «Xvason-17» qit’alararo ballistik raketasini uchirgach yangradi.
Shimoliy Koreya 16 mart kuni Koreya yarim oroli va Yaponiya o‘rtasidagi dengizga qit’alararo ballistik raketani uchirdi. Bu Janubiy Koreya prezidenti yadro quroliga ega Shimoliy Koreyaga qarshi kurashish yo‘llarini muhokama qilish uchun Tokioga uchib ketishidan bir necha soat oldin yuz berdi.
Shimoliy Koreya ballistik raketalari BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyalari bilan taqiqlangan va uchirilishi Seul, Vashington va Tokio hukumatlari tomonidan qoralangan.
Janubiy Koreya va AQSh qurolli kuchlari 13 martda 11 kunlik qo‘shma «Ozodlik qalqoni 2023» harbiy mashqlarini boshladi. O‘z navbatida Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In AQSh va Janubiy Koreyani harbiy mashg‘ulotlar tufayli keskinlikni kuchaytirayotganlikda aybladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Истанбулда Украина билан ўтказилган музокарада Россия ўзининг асосий талабларини маълум қилди. Бу ҳақда Россия делегацияси вакили Владимир Мединский маълум қилди, деб хабар беради Clash Report.
Марказ Марказий Осиё минтақасида илмий тадқиқотлар, мутахассисларни тайёрлаш, технологиялар ва тажриба алмашиш, шунингдек, «ёшил» ва барқарор ривожланишни тарғиб қилиш учун платформа бўлади.
Ижтимоий тармоқларда Сурхондарё вилоятида етиштирилган қовун маҳсулотларида гўёки нитрат миқдори меъёрдан ортиқ экани ва уни истеъмол қилган фуқаролар заҳарланаётгани ҳақида хабарлар тарқалди.
Исроил армияси ўзини ҳимоя қилиш доирасида Ғазо секторидаги амалиётини кенгайтирмоқда, бироқ гаровга олинганларни озод қилиш бўйича келишувга эришилса, “ҳаракатларини тузатишга” тайёр.