Shifokor yana bir pandemiya xavfi haqida ogohlantirdi!

Shifokor yana bir pandemiya xavfi haqida ogohlantirdi!

Rossiyalik nevrolog Vera Pshenichnikova yana bir pandemiya xavfi haqida ogohlantirdi.

Shifokorning ta’kidlashicha, inson tanasida magniy yetishmovchiligi jiddiy xavf tug‘diradi. "Magniy tanqisligi pandemiyaga aylanishi mumkin, unga qarshi kurashish kerak", dedi shifokor.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, hech bir inson organizmida magniy yetarli ekanligiga kafolat bera olmaydi. Shu bois Pshenichnikova vaqti-vaqti bilan magniyga boy ovqatlarni iste’mol qilishni maslahat berdi.

Shu bilan birga, shifokor magniyning ko‘pligi organizmga zarar yetkazmasligini qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!