Shifokor 60 yoshdan kattalar uchun xavfli ichimliklarni aytdi

Shifokor 60 yoshdan kattalar uchun xavfli ichimliklarni aytdi

Spirtli ichimliklar va kofein 60 yoshdan oshganlar uchun xatarli bo‘lishi mumkin.
Oltmish yoshdan oshgan odamlar uchun qahva va spirtli ichimliklar juda zararli. Bu haqida shifokor-parhezshunos, nutrisiolog Yevgeniy Arzamassev “Moskva 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning ta’kidlashicha, qahva organizmdan foydali mikroelementlar, shuningdek, kalsiyni yuvib chiqaradi. Ushbu moddalar yetishmasligi esa - osteoporoz va mikroelementlar tanqisligiga olib keladi.
Bundan tashqari, kofein qon tomirlarining shikastlantiruvchi giperta’sirchanlik hamda qon bosimi oshishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Parhezshunos spirtli ichimliklardan voz kechishni ham tavsiya qilgan. Chunki kuchli ichimliklar hujayralardan foydali suyuqlik, organizm ishlashi uchun kerakli bo‘lgan suvni haydab chiqaradi.
Bundan tashqari, yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish va qon bosimi oshishi xavfi paydo bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!