SHHT Bosh kotibi koronavirus takroran tarqalishi xavfi haqida gapirdi

SHHT Bosh kotibi koronavirus takroran tarqalishi xavfi haqida gapirdi

Koronavirusning takroran tarqalishi xavfi saqlanib qolmoqda, deya bayonot qildi SHHT Bosh kotibi Vladimir Norov.

"Obro‘li ekspertlar fikriga ko‘ra, vaziyat beqarorligicha qolmoqda va umuman epidemiya holati yomonlashgan holda virusning qayta tarqalish xavfi saqlanib qolmoqda. Shubhasiz, ushbu omillar SHHTning yangi tahdidlarga qarshi chora-tadbirlar qo‘llashida tezkorlikni talab qiladi, jumladan, sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik mexanizmlarining samarali ishlashi uchun huquqiy bazani va algoritmni takomillashtirish zarur", - dedi Norov SHHTga a’zo mamlakatlar sog‘liqni saqlash vazirlarining uchinchi videokonferens aloqa shaklidagi yig‘ilishida qilgan chiqishi davomida.

Norovga ko‘ra, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan sammitida tashkilot a’zo-davlatlarning mintaqadagi epidemiyalar xavfiga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini qabul qilish rejalashtirilgan.

"Davom etayotgan koronavirus pandemiyasi xavfining jiddiyligini inobatga olgan holda, birgalikda olib boriladigan sa’y-harakatlar va o‘zaro yordam ushbu favqulodda vaziyatni muvaffaqiyatli bartaraf etish va epidemiya tarqalishini to‘xtatish uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb etmoqda" - dedi u.

JSST taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 15 milliondan ziyod bemorlanish holatlari qayd etilgan, 650 mingdan ziyod odam vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!