Sherali Jo‘rayev Ozodbek Nazarbekovning madaniyat vaziri etib tayinlangani haqida o‘z fikrini bildirdi

Sherali Jo‘rayev Ozodbek Nazarbekovning madaniyat vaziri etib tayinlangani haqida o‘z fikrini bildirdi

Madaniyat vazirligiga san’atkor odamning bosh bo‘lgani yaxshi. Bu haqda O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev «Daryo» muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Sherali Jo‘rayevning ta’kidlashicha, O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning madaniyat vaziri etib tayinlanishi — ma’qul ish.

— Madaniyat vaziri san’atkor bo‘lgani ma’qul. Ozodbekning vazir bo‘lgani yaxshi bo‘ldi. Chunki u san’atkorlarning qiyinchiliklarini boshidan o‘tkazgan. San’atkorlarga boshchilik qilish — og‘ir.

Har bir san’atkor bir respublikaga o‘xshaydi. Ularning barini boshqarish og‘ir, qiyin, lekin Ozodbek boshqara oladi, u ko‘p narsani ko‘rgan, hammasini boshidan o‘tkazgan. Ozodbekka muvaffaqiyat tilayman.

Ozodbek Nazarbekov 22 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan O‘zbekiston madaniyat vaziri lavozimiga ma’qullangan, 24 yanvar kuni esa Prezident tomonidan tasdiqlangan edi. U bungacha madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari edi.

Avvalgi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Prezident tomonidan yangi shakllantirilgan Senatning a’zosi etib tayinlandi — u endi parlament yuqori palatasida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasiga raislik qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!