Shayxontohur tumanidagi xususiy bog‘chada sodir bo‘lgan yong‘inda hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan - FVV

Shayxontohur tumanidagi xususiy bog‘chada sodir bo‘lgan yong‘inda hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan - FVV

Bugun, 3-dekabr kuni soat 02:00 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Jarariq” MFY Jarariq ko‘chasida joylashgan xususiy bog‘chada yong‘in kelib chiqqanligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 02:03 yetib borgan va yong‘in soat 02:30 da qurshab olinib, soat 02:46 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida bino 2-qavatining 200 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli yong‘indan binoning 300 kv.m maydoni saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!