Shaxmat Olimpiadasida yurtimiz vakillari 6-o‘rinni egalladi

Shaxmat Olimpiadasida yurtimiz vakillari 6-o‘rinni egalladi

Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) Belgrad shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida Birinchi shaxmat Olimpiadasini o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi.

Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxmatchilar o‘rtasidagi bahslarda o‘zbekistonlik Ahadxon Kimsanboyev 2-o‘rinni egalladi. Shuningdek, Ahadxon o‘z yo‘nalishida musobaqaning eng yosh ishtirokchisi bo‘ldi.

Bundan tashqari, Marsel Shayusupov zaif eshituvchilar o‘rtasida musobaqaning eng yosh ishtirokchisi sifatida qayd etildi.

O‘zbekiston terma jamoasi yakunda umumjamoa hisobida 6-o‘rinni egalladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!