Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik jadidchilarni yodga oldi

Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik jadidchilarni yodga oldi

Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik jadidchilarni yodga oldi

- Husan domla, Ochil qori, Mulla Egamberdi, Toshpo‘lat domla singari ziyoli insonlar yangi usuldagi jadid maktablarini ochib, yosh avlodni ma’rifatli qilishga intilganlar. Jizzaxlik yana bir taniqli shaxs – Nuriddin hoji Ma’rufxo‘ja esa 1902 yilda shaxsiy mablag‘i hisobidan Eski shahar mavzesida bilim dargohi barpo etgan. Eng muhimi, u yerda qizlarni ham o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan.

Ana shunday fidoyi insonlardan yana biri – Baxmal tumanida tug‘ilib o‘sgan iste’dodli adib Anqaboy Xudoybaxtov matbuot, adabiyotshunoslik va dramaturgiya sohalarida salmoqli ishlarni amalga oshirgan.

Afsuski, u umrining ayni gullagan vaqtida – 35 yoshida, buyuk safdoshlari Fitrat, Qodiriy, Cho‘lponlar singari 1938 yilda qatag‘on qurboni bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev agar jizzaxlik olimlar, ijodkor, ziyolilar, jurnalistlar, jamoatchilik vakillari vohada yashab o‘tgan ulug‘ allomalarning bebaho merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, ilmiy tadqiqotlar, kitob va risolalar yaratish hamda keng targ‘ib etish ishlarini boshlasalar, ularning bu harakatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!