Shavkat Mirziyoyev: "Iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashda amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyormiz"

Shavkat Mirziyoyev: "Iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashda amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyormiz"

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 aprel kuni Samarqand xalqaro iqlim forumining yalpi sessiyasida nutq so‘zladi.

Forum ishida Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki rahbari Odil Reno-Basso, Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi Tatyana Molchan, Aholi punktlari bo‘yicha dastur ijrochi direktori Anaukladiya Rossbax, Cho‘llanishga qarshi kurashish konvensiyasi ijrochi kotibi Ibrohim Tiav va boshqalar ishtirok etdi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish forum ishtirokchilariga videomurojaat yo‘lladi.

Ishtirokchilar orasida 2 mingdan ortiq xorijiy mehmonlar, jumladan, milliy va global ekologik tashkilotlar, xalqaro tuzilmalar rahbarlari, ekspertlar, olimlar va jurnalistlar, biznes vakillari bor.

Kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo oldida turgan dolzarb iqlim muammolari muhokama qilindi, ekologik barqarorlik, "yashil" iqtisodiy taraqqiyot va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishda mintaqaviy hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari nutqining avvalida forumning xalqaro miqyosi va ishtirokchilarning nufuzi jahon hamjamiyati barqaror taraqqiyotning eng dolzarb masalalariga samarali yechim izlashda birgalikda sa’y-harakatlar olib borishga sodiqligi namunasi ekanini ta’kidladi.

O‘tgan yili dunyoda ilk bor o‘rtacha harorat Selsiy shakalasi bo‘yicha bir yarim darajadan yuqoriroq ko‘tarilgani qayd etildi. So‘nggi o‘n yillik meteokuzatuvlar tarixida eng issiq bo‘ldi.

- Buning oqibatida bugun biz barchamiz iqlim inqirozlarining salbiy ta’sirlari – o‘rmon yong‘inlari va cho‘llanish miqyosi ortib borayotgani, muzliklar qisqarayotgani, suv resurslari taqchilligi kuchayayotgani, havo sifati yomonlashayotganini his qilib turibmiz, - dedi O‘zbekiston Prezidenti.

Mintaqa mamlakatlari tomonidan Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishiga moslashish strategiyasi ishlab chiqildi va bir ovozdan ma’qullandi.

Orol dengizi qurishining oqibatlarini yumshatish, suvdan oqilona foydalanish, "toza" energiya manbalarini kengaytirish dasturlari doirasida yevropalik sheriklar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilinayotgani ta’kidlandi. Bunday sheriklik Markaziy Osiyoning barqaror "yashil" taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shadi.

Shu ma’noda, iqlim o‘zgarishini himoya qilish va unga qarshi kurashish masalalarini ilgari surishda global yetakchi bo‘lgan Yevroittifoq bilan amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan manfaatdorlik bildirildi.

Iqlim o‘zgarishi muammolari oziq-ovqat va energiya xavfsizligi bilan uzviy bog‘liq ekani alohida ta’kidlandi.

Unumdor yerlar keskin kamayib bormoqda, bugungi kunda mintaqadagi jami yer maydonining 20 foizdan ortig‘i degradasiyaga uchragan. Chorak asrdan so‘ng hosildorlik uchdan bir qismga kamayishi mumkin.

- Shu munosabat bilan, o‘rmon xo‘jaligi va agrar sohaning moslashuvchanligini oshirish, shuningdek, “Ufq – Yevropa” dasturi doirasida oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash uchun ilmiy salohiyatimizni birlashtirish hayotiy muhim masala, deb hisoblayman, - dedi mamlakatimiz yetakchisi.

Prezidentimiz O‘zbekistonda degradasiyaga uchragan yer maydonlarini qisqartirish va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi. "Yashil makon" dasturi doirasida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, Orolbo‘yining 2 million gektardan ortiq cho‘l hududlarida qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklar ekilgan.

Har yili Navro‘z bayrami arafasida "Markaziy Osiyoning yashil belbog‘i" daraxt ekish mintaqaviy aksiyasini o‘tkazish taklif qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni rivojlantirishning resurslarni tejaydigan va ekologik toza modeliga o‘tish masalasiga ham e’tibor qaratdi.

Bu sohadagi asosiy yo‘nalishlardan biri - "yashil" energetika.

Kelgusi besh yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 54 foizga yetkazish rejalashtirilgan bo‘lib, bu issiqxona gazlari chiqindilari hajmini qariyb 16 million tonnaga kamaytirish imkonini beradi.

- Biz O‘zbekistonning Parij bitimi doirasida bug‘ gazlari chiqarishni 35 foizga kamaytirish bo‘yicha olgan majburiyatini muddatidan oldin bajarish uchun barcha sa’y-harakatlarimizni ishga solishimizni ta’kidlab o‘tmoqchiman, - dedi davlatimiz rahbari.

Ushbu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarning davomi sifatida moliyalashtirish, texnologiyalar va vakolatlarni safarbar qilish uchun Toshkent shahrida Yevropa Ittifoqining "Suv - Energiya - Iqlim o‘zgarishi" deb nomlangan tashabbusining Kotibiyatini tashkil etish taklifi ilgari surildi.

Bugungi forumda taqdim etiladigan Mintaqaning "yashil" taraqqiyot konsepsiyasi alohida qayd etildi.

Suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga to‘xtalar ekan, O‘zbekiston Prezidenti 2040 yilga borib Markaziy Osiyo mamlakatlari Amudaryo va Sirdaryo oqimining kamayishi ta’sirida yuqori darajadagi suv taqchilligiga duch kelishini ma’lum qildi.

Suv resurslarini tejash maqsadida irrigasiya tarmoqlarini betonlash ishlari olib borilayotgani, suvni tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat bazasi yaratilayotgani, ular sug‘oriladigan yerlarimizning deyarli yarmida, ya’ni qariyb 2 million gektarda joriy etilgani ta’kidlandi. Bunday chora-tadbirlar natijasida o‘tgan yili qariyb 8 milliard kub metr suv iqtisod qilindi.

- Markaziy Osiyoda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish va bu sohada mintaqaviy dasturni ishga tushirishga chaqiramiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu masalalarning barchasini ekspertlar darajasida muhokama qilish uchun Orolbo‘yi mintaqasida suvni tejaydigan texnologiyalar bo‘yicha xalqaro forum o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, muzliklar holatini uzluksiz sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatish va mintaqaning tog‘ ekotizimlari uchun xavflarni erta aniqlash bo‘yicha "Kopernik" dasturi doirasida Yevropa Ittifoqi bilan yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdorlik bildirildi.

Toshkentdagi "Yashil universitet" negizida tashkil etilgan Iqlim rezidensiyasi Markaziy Osiyodagi iqlim jarayonlarini o‘rganish va monitoring qilish bo‘yicha umumiy ilmiy-ekspert platforma vazifasini bajarishi mumkin.

Shu bilan birga, 5 aprel kuni Nukusda mintaqamizning ekologik muammolariga san’at loyihalari orqali e’tibor tortishga qaratilgan Orol madaniyat sammiti o‘z ishini boshlaydi.

So‘zining yakunida davlatimiz rahbari "kelajak avlodlar barqaror, xavfsiz va farovon dunyoda yashashi uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘rish" umumiy maqsad ekanini yana bir bor eslatdi.

- Buning uchun muloqotlarni mustahkamlash, umumiy ezgu maqsadlar yo‘lida birlashgan barcha davlatlarning sa’y-harakatlarini uyg‘unlashtirish zarur, - dedi O‘zbekiston Prezidenti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

1 maydan 500 kVt⋅soatgacha bo‘lgan yangi miqdor joriy qilindi​​​​​​​

Қолаверса, 201 кВт·соатдан 1000 кВт·соатгача бўлган дифференциаллашган тариф бўйича истеъмол миқдори орасига янги миқдор киритилмоқда.

O‘zbekistonda yangi ekilgan piyoz narxi rekord darajada qimmatladi

Ўзбекистонда янги экилган пиёз нархи рекорд даражада қимматлади, деб хабар бермоқда EastFruit.

"Real"dan ketishi aniq bo‘lgan 3 nafar futbolchi kimligi ma’lum

Бу ҳақда AS нашри хабар берди.

"Real" yangi murabbiy bilan shartnoma imzoladi!

Мадриднинг "Реал" клуби мавсум якунида Карло Анчелоттини ишдан бўшатиш бўйича якуний қарорга келди.

Ronalduning o‘zi va oilasi xavf ostida!

Саудия Арабистони чемпионатида тўпурарлик маҳоратини намойиш қилиб келаётган “Ан-Наср” ҳужумчиси Криштиану Роналду футболдан ташқари маиший муаммоларга эътибор қаратишига тўғри келмоқда.

AQSH-Xitoy urushi boshlanadi: Mutaxassislar dahshatli bashorat bilan chiqdi

Хитойни бўйсундириш уриниши Америка учун ҳалокатли оқибатларга олиб келадими?

Vinisius va Mbappe «Arsenal» bilan o‘yindan so‘ng kiyinish xonasida nimalar deyishgani ma’lum bo‘ldi

«Арсенал»га қарши Чемпионлар Лигаси 1/4 финалидаги йирик мағлубиятдан (0:3) сўнг «Реал» кийиниш хонасида қандай гаплар янграгани маълум бўлди.

Rossiyada Xitoy avtosalonlari tezlik bilan yopilmoqda

пилишлар сони бўйича илк ўнталикка биринчи марта Geely, Jaecoo, Jetour ва LiAuto ҳам кирди.

Xitoyda 50 kg.dan yengilroq odamlarga ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilindi. Nega?

Қайд этилишича, Шимолий Хитойда тезлиги 150 км/соатга етадиган бўрон кузатилмоқда.

Tayvanlik ovchi qariyb 90 ming dollarlik baliq tutdi

Тайванлик балиқчининг қармоғига улкан тунец илинди, деб хабар берди Need To Know.

Oilalarga 75 000 000 so‘mgacha foizsiz qarz beriladi

Мазкур маблағлар Камбағалликни қисқартириш давлат мақсадли жамғармаси томонидан ажратилади.

Krishtianu Ronaldu nima uchun Jorjinaga uylanmayotganligini tushuntirdi

Саудия Арабистонининг "Ан-Наср" клуби шарафини ҳимоя қилаётган жаҳон футболи юлдузи Криштиану Роналду севгилиси Жоржина Родригес билан муносабатларини нега ҳалигача расмийлаштирмагани ҳақида гапирди.

"Turk yigitlari ruslardan ayollarini tortib olmoqda"

"Россия фахрийлари" турк сериалларига қарши кураш бошлади.

Rossiya aeroportida o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

Ҳозирда уларга нисбатан жиноят иши қўзғатилган.

Surxondaryoda pomidorni shpaklyovkaga "aylantirishdi"

Олиб борилган тезкор тадбирлар давомида аниқланишича, транзит тартибида қўшни давлатга чиқиб кетиши лозим бўлган 20 тоннадан зиёд помидор ноқонуний равишда Термиз туманидаги омборлардан бирига тушириб қолдирилган.

Tramp: Millionlab odamlar uch kishi tufayli halok bo‘ldi: birinchisi Putin, ikkinchisi...

"Мен Путинга ўт очишни тўхтатиши учун муддат белгилаб бердим".

Tramp, Putin va Si Szinpin o‘rtasida dunyoni taxminiy bo‘lib olish xaritasi ko‘rsatildi

Биз, эҳтимол, Хитой ва АҚШнинг ер шарини қандай бўлишини кузатамиз.

Evropa Ittifoqi Moskvadagi paradda qatnashadiganlar uchun ogohlantirish berdi

Европа Иттифоқининг олий вакили Кая Каллас номзод давлатларнинг 9 май куни Москвада ўтказиладиган тадбирларда иштироки жуда салбий баҳоланишини маълум қилди.

Namanganda kelinoyisi va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandini vahshiylarcha o‘ldirgan erkak umrbodga qamaldi

Суд ҳукмига кўра, судланувчи М.А. ЖКнинг 97-моддаси 2-қисмининг “а,в,ж” бандларида назарда тутилган жиноятни содир этганликда айбли деб топилди ва унга нисбатан фавқулодда жазо чораси - умрбод озодликдан маҳрум қилиш жазоси тайинланди.

BAA - O‘zbekiston uchrashuvi qaysi stadionda soat nechida bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Осиё Футбол Конфедерацияси мазкур ўйин бўлиб ўтадиган стадион ҳамда учрашув вақтларини маълум қилди.

Rossiya Ukraina harbiy xizmatchilari to‘plangan joyga zarba berdi

Зарба натижасида 60 дан ортиқ Украина ҳарбий хизматчилари ҳалок бўлган.

Erga yirik asteroid yaqinlashmoqda

2011 VG9 астероиди 16 апрель, чоршанба куни Ер ёнидан учиб ўтади, деб хабар беради NASAнинг реактив ҳаракат лабораторияси (JPL).

Olimlar ilk bor inson tishini yetishtirishga muvaffaq bo‘lishdi

Бу ҳақда хабар берди The Telegraph тадқиқотга таянилган ҳолда.

Bugun Yerga kuchli magnit bo‘roni yopiriladi

Магнит бўронининг авж палласи соат 18:00 дан 20:00 гача тўғри келиши кутилмоқда.

AQShning Yamandagi zarbalari natijasida o‘nlab husiylar o‘ldirildi

Бу ҳақда Al Hadath телеканали манбаларга таяниб хабар берди .

Dominikan Respublikasida klub tomi qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 231 kishiga yetdi

Бу ҳақда Доминикан Республикаси ички ишлар вазири Фариде Рафул матбуот анжумани чоғида маълум қилди, унинг ёзуви Диарио Либре нашри блогида Х ижтимоий тармоғида эълон қилинди.

Isroil Xamasga vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qilmoqda

Бу ҳақда Мисрнинг “Ал-Қоҳира ал-Ихбария” телеканали манбаларга таяниб хабар бермоқда.

Kanada Yevropani qayta qurollantirish jarayonida ishtirok etish niyatida

Бу ҳақда Канада бош вазири Марк Карни Квебек провинциясига ташрифи чоғида журналистларга маълум қилди, унинг чиқиши миллий телеканаллар орқали намойиш этилди .

AQShning Yamandagi zarbalari bir oydan kamroq vaqtda 123 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Ҳусийлар назоратидаги Соғлиқни сақлаш вазирлиги араб ва ислом халқларини, шунингдек, инсон ҳуқуқлари ташкилотларини мазкур ҳужумларга қарши норозилик билдириш ва эътироз билдиришга чақирди.

Evro raqsga tushdi, dollar esa ikkilanyapti — Investorlar endi kimga ishonmoqda?

Доллар учун хавф пайдо бўлди — Евро тарихий даражага чиқди!

Putin paradiga javob: Zelenskiy 9 may kuni Yevropa Ittifoqi rahbarlarini Kiyevga taklif etmoqda

Украина президенти Владимир Зеленский Европа Иттифоқи давлатлари раҳбарларини 9 май куни - Москвада анъанавий равишда ҳарбий парад ўтказиладиган кунда Киевга ташриф буюришга чорлади.

Xitoyda kuchli to‘fon tufayli "to‘q sariq" ogohlantirish e’lon qildi​​​​​​​

Довул оқибатида дарахтлар қулаган, автомобиллар ва эски уйларга зарар етган. Мамлакат шимолида темир йўл алоқаси қисман узилган.

Arnasoy va Zarbdorda ayollarga kelinlik sarpolari olib berildi

Келинлик сарполари янги ҳаёт бошлаш учун муҳим бўлганлиги сабабли, аёллар ўз ҳуқуқларини ҳимоя қилиш учун судга мурожаат қилишга мажбур бўлишган.

Pensilvaniyada gubernator qarorgohiga o‘t qo‘yildi

Ҳодиса содир бўлаётган вақтда губернатор уйда ўз оиласи билан бирга бўлган.

Mo‘g‘ulistonda qizamiq epidemiyasi kuchaymoqda

13 апрель куни Мўғулистоннинг Юқумли касалликлар миллий тадқиқот маркази мамлакатда тасдиқланган ҳолатларнинг умумий сони 506 нафарга етганини маълум қилди.

Tojikistonda uchinchi zilzila yuz berdi

Бир кун аввал, 13 апрелда Тожикистонда икки марта зилзила қайд этилган эди.

Toshkentda yuk mashinasi urib ketgan fuqaro vafot etdi

Хабарга кўра, фуқаро йўлнинг белгиланмаган қисмидан кесиб ўтаётган бўлган.

Isroil harbiylarining blokadadagi G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 50 944 nafarga yetdi

Бу ҳақда 12 апрель, шанба куни Ғазо секторидаги Фаластин соғлиқни сақлаш вазирлиги маълум қилди.

Rossiya harbiylari Ukrainadagi NATO tanklarini samarali yo‘q qildi

Россия қуролли кучлари Украинага НАТО давлатлари томонидан етказиб берилган танкларни юқори самарадорлик ва тезлик билан йўқ қилмоқда, деб ёзади National Security Journal бу ҳақда .

So‘nggi 80 yil ichida birinchi marta aprel oyida Janubiy Koreyaning Seul shaxrida qor yog‘di

Жанубий Кореяда шанба куни ҳароратнинг кескин пасайиши ва кучли шамоллар бошланди.