Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan bugun, 24 iyul kuni “O‘zbekiston-24” telekanali orqali “Janob Prezident” nomli film efirga uzatilishi haqida xabar bergan edik.
Ushbu filmda Prezident Shavkat Mirziyoyev ilk bor oilasi haqida hikoya qiladi.
Shavkat Mirziyoyev ikki qiz, bir o‘g‘ilning otasi. Besh nabiraning bobosi. Rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva – mutaxassisligi bo‘yicha muhandis-iqtisodchi, ayni paytda uy bekasi.
40 daqiqali ushbu film O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning dastlabki tarixiy intervyusi asosiga qurilgan. Unda O‘zbekiston xalqi hayotidagi eng muhim o‘zgarishlar, mamlakatimizning ichki siyosatdagi ustuvor maqsadlari, tashqi siyosatdagi pozisiyasi haqida so‘z boradi. Prezidentning bir yarim yil davomidagi shiddatli faoliyati haqida xalqaro ekspertlarning fikrlari o‘rin olgan. Ushbu filmda davlat rahbari bilan bevosita uchrashgan, muloqot qilgan fuqarolar taasurotlari bilan tanishasiz.
Mazkur filmning g‘oya muallifi va badiiy rahbari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi Komiljon Allamjonov.
Eslatib o‘tamiz, film bugun, 24 iyul kuni soat 22:00 da “O‘zbekiston-24” telekanalida namoyish etiladi.
Manba: qalampir.uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.