O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-15 oktyabr kunlari YEOII va MDHning videoaloqa shaklidagi sammitlari ishida ishtirok etadi.
14 oktyabr kuni davlat rahbari Qozog‘iston raisligida o‘tkaziladigan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdan tashqari majlisida kuzatuvchi maqomida nutq so‘zlaydi.
Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston prezidentlari, Armaniston Bosh vaziri Kengash a’zolari hisoblanadi. Yig‘ilishda kuzatuvchi sifatida Kuba prezidenti ham so‘zga chiqishi kutilmoqda.
Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston yetakchisi o‘z nutqida YEOII bilan amaliy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab beradi.
Tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomi mamlakatga o‘tgan yil dekabr oyida berilganini ta’kidlash joiz. Joriy yil aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum hamda 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan Qo‘shma tadbirlar rejasi qabul qilindi.
15 oktyabr kuni esa Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining yubiley majlisi bo‘lib o‘tadi. Uning ishida Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston yetakchilari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Belarus raisligida o‘tkaziladigan tadbirda tashkilotning 30 yillik faoliyatidagi ko‘p tomonlama hamkorlik yakunlari, shuningdek, savdo, investisiyalar, sanoat kooperasiyasi, transport, migrasiya, madaniy-gumanitar almashinuv sohalaridagi sheriklikni yanada kengaytirish borasidagi qo‘shma rejalar ko‘rib chiqiladi.
Xavfsizlikka tahdid solayotgan zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi kurashish hamda keng mintaqada barqaror taraqqiyotni ta’minlash masalalari muhokama qilinadi.
Hamdo‘stlikda hamraislik qilayotgan O‘zbekiston prezidenti MDHni rivojlantirishning uzoq muddatli konsepsiyasi maqsad va vazifalariga erishish bo‘yicha qator muhim tashabbuslarni ilgari suradi.
Tadbir yakunida MDH makonida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan ko‘p tomonlama hujjatlar to‘plami qabul qilinadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Жигар билан боғлиқ патологиялар доимий чарчоқ ҳисси, оғизда аччиқ таъм, кўнгил айниши, тери ва кўз оқининг сарғайиши, ўнг қовурға остида оғриқ, пешоб ва ахлат ранги ўзгариши каби аломатлар билан намоён бўлади
Мамлакатимизда тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш, ишбилармонлик муҳитини яхшилаш борасида яратилган имкониятлардан унумли фойдаланиб, юртимизнинг иқтисодий қудрати ва экспорт салоҳиятини юксалтиришда салмоқли натижаларга эришаётгани, ташаббускорлиги, замонавий билим ва тажрибасини намоён этиб, инвестицияларни жалб қилиш, импорт ўрнини босадиган маҳсулотлар ишлаб чиқариш, хизматлар кўрсатишни янада кенгайтириш, аҳоли бандлиги ва фаровонлигини таъминлаш йўлида алоҳида жонбозлик кўрсатаётгани, шунингдек, ўзининг муҳим илмий-амалий ишланмалари ва инновацион лойиҳалари билан бизнес соҳаси ривожига муносиб ҳисса қўшиб келаётгани учун бир қатор тадбиркорлар тақдирланди.
Аниқланишича, ушбу бузиш ишлари Афғонистон Маданият ва ахборот вазирлиги ҳамда кенг жамоатчилик билан келишилмаган. Афғон тарафи ҳолат юзасидан таассуф билдирган.
Исроил Бош вазири Биньямин Нетаняҳу Франция президенти Эммануэль Макрон ва Австралия бош вазири Энтони Албанезега йўллаган мактубларида уларни Фаластин давлатини тан олиш орқали антисемитизмни кучайтиришда айблади.
2025 йил 18 август куни Туркистон шаҳрида айни пайтдаги энг йирик контрабанда иши бўйича ҳукм чиқарилди. Бу ҳақда 20 август куни вилоят суди матбуот хизмати маълум қилди, деб хабар бермоқда Zakon.kz.
Покистон, Ҳиндистон томонидан бошқариладиган Кашмир ва Непалда кучли ёмғирлар сабаб тўсатдан юз берган сув тошқинлари катта фожеаларга олиб келди. Расмий маълумотларга кўра, ҳалок бўлганлар сони 400 дан ошди.
Давлат хавфсизлик хизмати ва Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ходимлари ҳамкорлигида Ангрен шаҳрида ўтказилган тезкор тадбирда у сўралган пул маблағидан 2100 АҚШ долларини олдиндан олган вақтида ушланди