Shavkat Mirziyoyev BMT yig‘ilishida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev BMT yig‘ilishida ishtirok etadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 fevral kuni BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi 46-sessiyasining yuqori darajadagi segmenti ishida ishtirok etadi.

Kengashga 47 ta davlat a’zo. O‘tgan yilning oktyabrida O‘zbekiston ushbu tuzilma a’zosi etib ilk bor saylangandi. Pandemiya sabab yig‘ili Jeneva shahrida videoanjuman shakli o‘tkaziladi.

Kun tartibidan inson huquqlariga rioya etilishi va ularni himoya qilish, jumladan fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash borasidagi eng dolzarb masalalar o‘rin olgan.

Tadbirda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar Mishel Bachelet, qariyb 150 mamlakatdan davlat, hukumat rahbarlari qatnashadi.

Shavkat Mirziyoyev forumning birinchi kunida nutq so‘zlab, mamlakatda demokratik yangilanishlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha kengash doirasidagi ishlarning asosiy vazifalariga to‘xtalib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!