Shavkat Mirziyoyev Ashxobodga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodga yetib bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 10 oktyabr kuni Ashxobodga yetib bordi.

Oliy martabali mehmonni Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari Esenmurat Orazgeldiyev kutib oldi.

MDH sammitining asosiy tadbirlari 11 oktyabrga mo‘ljallangan. Sammit doirasida Prezidentimizning qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!