Shavkat Mirziyoyev 9 dekabr kuni davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga boradi
Bu haqda Qirg‘iziston TIV o‘rinbosari Aybek Ortiqbayev ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, prezidentlar qator hujjatlar jumladan, ikki davlat fuqarolari o‘rtasidagi chegarani kesib o‘tishni soddalashtirish bo‘yicha kelishuvni imzolaydi.
Shuningdek, Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasi bo‘ylab ratifikasiya yorliqlari almashishi kutilmoqda. Shu bilan Bishkek va Toshkent o‘rtasidagi chegarani delimitasiya qilish masalasi yopiladi.
Eslatib o‘tamiz, 9 dekabr kuni Bishkekda YEOII sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston kuzatuvchi davlatdir.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)