Shavkat Abdurazzoqov Namangan viloyati hokimi bo‘lishi kutilmoqda

Shavkat Abdurazzoqov Namangan viloyati hokimi bo‘lishi kutilmoqda

Namangan viloyat hokimligida sessiya bo‘lib o‘tmoqda. Unda viloyatga yangi rahbar tanishtiriladi. 

Manbaning ma’luotiga ko‘ra, katta ehtimol bilan O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlab kelayotgan Abdurazzaqov Shavkat Shokirjonovich viloyat hokimi sifatida ish boshlaydi. 

Shavkatjon Abdurazzoqov 1976 yilda tug‘ilgan. Namangan muhandislik-texnologiya institutini 1998 yilda hamda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini 2006 yilda tamomlagan. 2015−2017 yillarda Namangan tumani hokimi bo‘lib ishlagan. So‘ngra 2017-2020 yillarda Namangan shahar hokimi lavozimida ishlagan. 2020 yil mart oyidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Avvalroq Namangan viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Xayrullo Bozorov Farg‘ona viloyati hokimi sifatida jamoatchilikka tanishtirilishi bo‘yicha xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!