Sharof Rashidov tumanida jarima qo‘llamaslik evaziga 2,6 mln so‘m olgan xodim ushlandi

Sharof Rashidov tumanida jarima qo‘llamaslik evaziga 2,6 mln so‘m olgan xodim ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sharof Rashidov tuman bo‘limi tomonidan DXX bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Sharof Rashidovtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimi M.Q. fuqaro SH.ning xonadoni tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelganligi uchun rasmiylashtirilgan dalolatnomani yo‘q qilib berish va jarima qo‘llamaslik evaziga 2,6 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!