9 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida «Yoshlar - kelajak bunyodkorlari!» III ekologiya va turizm xalqaro qurultoyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qadimiy va muhtasham Oqsaroyda bo‘lib o‘tgan tadbirni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari Iskandar Qutbiddinov va Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov ochib berdi.
Iskandar Qutbiddinov o‘z nutqida Davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlarning orzu-intilishlari, qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishiga aylanganini alohida ta’kidladi. Shuningdek, yurtimizda ochilgan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti («Green University») ekologiya sohasiga befarq bo‘lmagan, tabiatga g‘amxo‘rlik qiladigan yoshlarga bu borada yetuk kadrga aylanish imkonini berishini qayd etdi.
«Bugungi qurultoy ham yoshlarning iqtidorini, salohiyatini yuzaga chiqarish, yangidan-yangi g‘oyalarni kashf qilish, yoshlarni ekologiya va turizm sohalari rivoji uchun birlashtirishga xizmat qiladi», - dedi Iskandar Qutbiddinov.
Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov so‘nggi yillarda yoshlarimiz uchun har bir sohada ko‘plab imkoniyatlar yaratib berilayotganini aytib o‘tdi.
Tadbir davomida o‘tgan yili saylangan «Yosh ekologlar» harakati hamda Yosh turizm elchilari taqdirlandi va samarali faoliyatlari uchun minnatdorlik bildirildi. Bu galgi qurultoyda yangi elchilar saylanadi.
Marosimda, shuningdek, qadimiy Keshda (hozirgi Shahrisabz) tug‘ilgan Sohibqiron Amir Temur siymosidagi tarixiy chiqishlar, konsert dasturi, ko‘rgazmali shoular namoyish etildi.
Ma’lumot uchun, qurultoyda yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan jami 1000 nafardan ortiq yoshlardan iborat jamoalar ishtirok etmoqda. 13 avgustga qadar ekologiya va turizm sohalarda mutaxassislar ishtirokida o‘quv seminarlar, intellektual o‘yinlar, do‘stlik tadbirlari, «Eng yaxshi ekologik loyiha», «Eng yaxshi turizm loyihasi» va «Siz eko-qonunlarni bilasizmi?» tanlovlari, «Eko-turizm-kvest», «Yulduzlar tashrifi» va «Tug‘ilgan kun» loyihalari, yosh dizaynerlarning ko‘rgazmasi, «Open air» (ochiq osmon) formatida kinofilmlar namoyishi, «Chiqindisiz dunyo uchun» plogging aksiyasi, «Yoshlar spartakiadasi» ommaviy sport o‘yinlari hamda uning doirasida milliy va etnosport turlari bo‘yicha sport musobaqalari, yuqori natijalarga erishgan hamda yoshlarga o‘rnak ko‘rsatadigan sportchilar va murabbiylar ishtirokida «mahorat darsi», «Yosh ekologlar» harakati hamda Yosh turizm elchilari Kengashi a’zoligiga saylovlar, Shahrisabzdagi Oqsaroy me’moriy yodgorligi bo‘ylab sayohatlar bo‘lib o‘tadi.
Qurultoy yakunida faol ishtirok etgan guruhlar va hudud jamoalari vakillari diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Shu bilan birga, qurultoy ishtirokchilarining har biriga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligining maxsus sertifikati topshiriladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Бу ҳақда 2 июль куни "Россия Фанлар академиясининг ягона геофизика хизмати" Федерал тадқиқот марказининг Камчатка бўлими "Телеграм"даги каналида маълум қилди.
Исроил Ғазо сектори аҳолиси, хусусан, болаларни атайин оч қолдирмоқда, яъни очликдан қурол сифатида фойдаланмоқда. Defence for Children International ва Doctors Against Genocide ташкилотлари томонидан эълон қилинган “Бутун авлодларнинг оч қолдирилиши” ҳисоботида шундай хулоса илгари сурилган.
Арманистон суди уни “ҳокимиятни эгаллаб олишга чақиришда” айблаб ДХХ қамоқхонасига жойлаштирди. Шу вақтнинг ўзида унга тегишли бўлган "Арманистон электр тармоқлари" (АЭТ) компаниясини миллийлаштириш бошланди.
Исроил оммавий ахборот воситаларининг хабар беришича, АҚШ расмийлари Ғазо секторида отишмаларни тўхтатиш ва асирларни алмашиш бўйича келишувга эришиш мақсадида Исроилга босим ўтказишга тайёрланмоқда.
Шу билан бирга, NDMA келгуси 12 дан 24 соатгача мамлакатнинг катта қисмларига таъсир қилиши кутилаётган кучли ёмғир ва момақалдироқ ҳақида огоҳлантирди.
Россия томонидан Киевга уюштирилаётган ҳужумлар кучайгани сари, Украина пойтахтидан қочаётган фуқаролар сони ҳам ормоқда, деб ёзади Германиянинг NTV нашри.
Эрон расмийлари ушбу ҳужумларни халқаро ҳуқуқ ва журналистлар хавфсизлигига қарши жиноят сифатида баҳоламоқда. Ҳодисалар халқаро ҳамжамият томонидан кескин қораланиши мумкин.
Шовот тумани Фавқулодда вазиятлар бўлими ходими ҳам ўзганинг ишончига кириб, ички ишлар органларидаги танишлари орқали унга ҳайдовчилик гувоҳномаси олиб беришини айтиб, эвазига 1400 АҚШ доллари ва 1 млн 300 минг сўм олганлик ҳолати ҳужжатлаштирилди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.