Shaharlararo avtobuslarga chipta sotib olish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirildi

Shaharlararo avtobuslarga chipta sotib olish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirildi

Toshkent avtovokzalidan viloyatlarga qatnovchi avtobuslarga chiptani onlayn sotib olish imkonini beruvchi UzBus mobil ilovasi ishga tushirildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Mobil ilova orqali yo‘lovchilar shaharlararo qatnovlar uchun elektron chipta sotib olishi, avtobusdagi joyni tanlashi, to‘lovni istalgan bank kartasi orqali amalga oshirishi mumkin.

Shuningdek, yo‘lovchilar mobil ilova yordamida «Toshkent» avtovokzalidan amalga oshirilayotgan shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlardagi qatnovlar jadvali bilan real vaqt rejimida tanishish imkoniyatiga ham ega.

Qayd etilishicha, UzBus mobil ilovasi orqali Buxoro Toshkent yo‘nalishidagi avtobus qatnovlariga ham chiptani elektron shaklda sotib olish mumkin. Boshqa viloyatlardan Toshkent shahriga amalga oshiriluvchi qatnovlar uchun elektron chipta xarid qilish imkoniyati bosqichma-bosqich joriy etilishi aytilmoqda.

Toshkent avtovokzalidan Zarafshon, Zarmitan, Jo‘sh, Buxoro, Xatirchi, Uchquduq, Samarqand, Mirbozor, Qiziltepa, Qarshi, Konimex, Urganch, Uzun, Termiz, Xiva, Denov shaharlariga qatnovlar amalga oshiriladi.

UzBus mobil ilovasini Google Play orqali yuklab olish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!