Sha’bon oyi fazilati

A A A
Sha’bon oyi fazilati

Hijriy-qamariy taqvimning sakkizinchi oyi Sha’bondir. Bu oyga bog‘liq bir qancha ma’lumotlar bor. Ulardan ba’zilarini e’tiboringizga taqdim etishga ijozat bergaysiz.

Bu borada asosan Sha’bon oyida nafl ro‘za tutish va mazkur oyning yarmiga yetgandagi kecha fazli haqida so‘z boradi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Ramazon oldidan bir, ikki kun oldin ro‘za tutmanglar. Magar bir kishining odatidagi ro‘za bo‘lsa tutsin», dedilar. Beshovlari rivoyat qilgan.
Sunan egalari rivoyatida: «Qachon Sha’bon yarmiga yetsa ro‘za tutmanglar», deyilgan.
Ahli kitob bo‘lmish kofir qavmlar o‘zlariga farz qilingan ro‘zaning qaysi kun boshlanishiga shubha qilib, bir-ikki kun oldin tutishar, oqibatda nafl ibodat bilan farz ibodatni aralashtirib yuborishar edi.
Islomda bunga o‘xshash ikkilanish, nafl va farzlarni aralashtirib yuborish ishlariga ruxsat yo‘q. Musulmonlar har bir ibodatni jazm bilan, azmu qaror bilan, naflni nafl o‘rnida, farzni farz o‘rnida ado etishlari lozim.
Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Ramazon kirishidan oldin bir-ikki kun qolganda ro‘za tutishdan qaytarganlar.
Ammo bir odam ma’lum kunlarda, misol uchun, dushanba va payshanba kunlarda nafl ro‘za tutib yurishga odatlangan bo‘lsayu, o‘sha kun Ramazondan oldingi kunlarga to‘g‘ri kelib qolsa, tutsa bo‘laveradi.
Shuningdek, ba’zi bir kishilar nazr ro‘za niyat qilib qo‘ygan bo‘lsa, ular ham o‘sha nazr ro‘zani tutsa bo‘laveradi.
Yuqorida zikr etilgan sabablarga binoan, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: «qachon Sha’bon yarmiga yetsa ro‘za tutmaganlar», degan hadislariga amal qilib, Sha’bon oyining o‘n oltinchi kunidan boshlab to Ramazoni sharif kirguncha nafl ro‘za tutish makruh bo‘ladi.
Odamlar ichida ushbu tafsilotlarni yaxshi tushunmaganlik oqibatida Sha’bon oyida ro‘za tutib bo‘lmas ekan, degan tushuncha yuzaga kelgan. Aslida esa gap Sha’bon oyining ikkinchi yarmida ekanini bilib oldik. Sha’bon oyining avvalida ro‘za tutish masalasini esa, kelajak hadislarni o‘rganish jarayonida, inshaalloh, bilib olamiz.
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni Ramazondan boshqa oyning ro‘zasini to‘liq tutganlarini ko‘rmadim. Sha’bonda tutganchalik ko‘p ro‘za tutganlarini ham ko‘rmadim. Uning faqat ozginasining ro‘zasini tutmas edilar. Balki, hammasini tutar edilar, desak ham bo‘laveradi». To‘rtovlari rivoyat qilgan.
Ushbu rivoyatda asosan, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam faqat Ramazon oyining ro‘zasini to‘liq tutganlarini bilib olamiz. Chunki, Allohning amri shundoq. Ramazondan keyin eng ko‘p ro‘zasi tutiladigan oy Sha’bon ekan.
Ummu Salama roziyallohu anho: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Sha’bon va Ramazondan boshqa ikki oyning ketma-ket ro‘zasini tutganlarini ko‘rmadim», dedilar. Termiziy yaxshi sanad bilan rivoyat qilgan.
Sha’bon va Ramazon oylari ketma-ket kelishi ma’lum, Payg‘ambarimiz shu ikki oyning ro‘zasini tutgan ekanlar. Bundan ham Sha’bon oyi ro‘zasi fazilatli ekanini bilib olamiz.
Imron ibn Husoyn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bir kishiga: «Bu oyning o‘rtasidan biror narsa tutdingmi?», dedilar. Haligi kishi: «Yo‘q», dedi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Undoq bo‘lsa, qachonki Ramazondan og‘zing ochiq bo‘lganda uning o‘rniga ikki kun ro‘za tut», dedilar. Ikki Shayx rivoyat qilgan.
Boshqa bir rivoyatda: «Sha’bon o‘rtasidan ro‘za tutdingmi?» – deganlar. U kishi, yo‘q, deganidan keyin:
«Undoq bo‘lsa, og‘zing ochiq bo‘lganida zimmangdagi o‘rniga ikki kun ro‘za tut
», deganlar.
Bundan Sha’bon oyida hech bo‘lmasa ikki kun ro‘za tutish kerakligi kelib chiqadi.
O‘z-o‘zidan nima uchun Sha’bon oyida nafl ro‘za tutishga bunchalar ahamiyat beriladi?, degan savol paydo bo‘ladi.
Bu savolning javobini Imom Nasaiy Usoma roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisdan topamiz. Unda quyidagilar aytiladi:
«Ey Allohning Rasuli, oylardan hech birida Sha’bonda ro‘za tutganingizdek ro‘za tutganingizni ko‘rmadim», dedim. U zot sollallohu alayhi vasallam:
«Bu bir oyki, odamlar undan g‘ofil qolurlar. U Rajab bilan Ramazonning orasida. Bu bir oyki, unda amallar Robbil olamiynga ko‘tarilur. Mening amalim ko‘tarilayotganda ro‘zador bo‘lishni yaxshi ko‘raman», dedilar.
Buning ustiga ro‘zasi farz qilingan Ramazon oyidan oldingi oyda, Sha’bonda ro‘za tutishni yaxshilab mashq qilib Ramazonga kirilsa, uning ro‘zasi yana ham mukammal va benuqson bo‘ladi. Bu xuddi farz namozidan oldin sunnat namoz o‘qib yaxshilab tayyorgarlik ko‘rib olishga o‘xshaydi.
Avvalgi o‘rgangan hadislarimizda Ramazondan keyin ro‘zasi eng afzal oy Muharram oyidir, deyilgan edi. Endi esa Sha’bon ham shu ma’noga da’vogar bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun ham ba’zi ulamolarimiz Muharram oyi ro‘zasining afzalligi Ramazon va Sha’bonnikidan keyin, deganlar.
Ushbu faslda o‘rgangan hadislarimizda iloji boricha Sha’bon oyida ko‘proq ro‘za tutishga targ‘ib qilinmoqda. Ro‘za tutish nahiy qilingan kunlar faslida esa, Sha’bon oyi oxiridan bir yoki ikki kun ro‘za tutish harom, Sha’bon oyining o‘n oltinchisidan boshlab ro‘za tutmoq makruh, deyilgan edi. Bu bir-biriga qarama-qarshi hukmlar emasmi?, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Javob shulki, bu yerda hech qandoq qarama-qarshilik yo‘q. Chunki, o‘sha ro‘zasi tutilishdan nahiy qilingan kunlar haqida, faslning o‘zida ham, agar ro‘za tutishga odatlangan bo‘lsa, deyilgan. Demak, Sha’bon oyida doimo nafl ro‘za tutishga odatlangan odam bo‘lsa, tutaveradi. Ammo, odatlanmagan bo‘lsayu, Ramazon kirib qolgan bo‘lsa nima bo‘ladi, degan vasvasa bilan kishilar o‘rtasida shubha, ixtilof paydo qilishi mumkin bo‘lgan ro‘zadan nahiy qilingan.
Demak, o‘rtada hech qanday qarama-qarshilik yo‘q.

SHA’BON YARMINING RO‘ZASI

Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Qachon Sha’bon yarmi kechasi bo‘lsa uning kechasini bedor o‘tkazinglar, kunduzining ro‘zasini tutinglar. Chunki, o‘shanda, Alloh quyosh botishi paytida dunyo osmoniga tushadi va: «Qani, istig‘for aytuvchi bormi? Men unga rizq berurman. Qani baloga uchragan bormi? Men unga ofiyat berurman. Qani falonchi, qani fistonchi?», deydi. Toki, tong otguncha shundoq bo‘ladi», dedilar». Ibn Moja rivoyat qilgan.
Hazrati Alidek ulug‘ sahobiy bunchalik ahamiyatli gapni o‘zlaridan aytmaydilar. Albatta, bu haqda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan bir narsa eshitganlar va o‘sha eshitgan ma’nolarini o‘z iboralari bilan ifoda etganlar.
Ushbu rivoyatga binoan Sha’bon oyi qoq yarmining kechasi ham, kunduzi ham ulug‘ va barakli vaqtlar ekanligi kelib chiqadi.
Shu sababdan ham hazrati Ali roziyallohu anhuning tavsiyalariga binoan kunduzni ro‘za, kechasini bedorlik ibodati bilan o‘tkazishga harakat qilmoq kerak bo‘ladi.
Oisha onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni kechalardan birida yo‘qotib qo‘ydim. So‘ng u kishini izlab chiqdim. Qarasam, U zot Baqiy’da boshlarini osmonga ko‘tarib turgan ekanlar:
«Ey, Oisha, Alloh va Uning Rasuli sendan chetlashidan xavf qildingmi?», dedilar.
«Siz ba’zi ayollaringizga borgansiz, deb gumon qiluvdim», dedim.
«Albatta, Alloh Sha’bonning yarmidagi kechada dunyo osmoniga tushadi va Kalbning qo‘ylari juni adadidan ko‘proqni mag‘firat qiladi
», dedilar. Ibn Moja, Termiziy va Ahmad rivoyat qilgan.
«Baqiy’»–Madinai munavvaradagi mashhur qabristonning nomi. Barcha Madinada vafot etgan sahobalar shu qabristonga dafn etilganlar. Zotan Madinai munavvarada boshqa qabriston yo‘q ham.
«Kalb»–mashhur arab qabilasi bo‘lib to‘liq nomi Bani Kalb. O‘sha vaqtda Bani Kalb eng qo‘yi ko‘p qabila bo‘lgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Sha’bon oyi yarmida Alloh taolo juda ko‘p gunohlarni mag‘firat qilishini ifodali qilib aytishda o‘sha ko‘p qo‘yli qabila chorvalarining jun tolalari sonini esga olganlar.
O‘ylab ko‘radigan bo‘lsak, bir dona qo‘yning jun tolalari qancha bo‘lishini sanashning o‘zi qiyin. Arab qabilalari ichida eng ko‘p qo‘yli qabilaning qo‘ylari jun tolasi qancha bo‘lishini tasavvur qilib ko‘raverish kerak. Buning hammasi o‘sha kecha juda ham fazilatli ekaniga dalolat qiladi.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:

1. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning kechasi bezovta bo‘lib o‘rinlarini tark qilib tashqariga chiqib ketgan vaqtlari ham bo‘lgan.
2. Kechasi qabristonga kirish, osmonga qarab turish mumkinligi.
3. Oisha onamizda xotinlik qizg‘anishlari borligi. Payg‘ambarimizni ba’zi xotinlari oldiga ketgan bo‘lsalar kerak, deb ortlaridan izlab chiqishlari shuni ko‘rsatadi. Bu esa ayb emas, balki tabiiy bir hol. Balki, me’yorida bo‘lsa, ayol kishining ziynati ham.
4. Payg‘ambar alayhissalomning Oisha onamiz roziyallohu anhoning ruhiy hollarini yaxshi tushunganlari.
5. Sha’bon yarmidagi tun fazilatli kecha ekani.
6. Mazkur kechada ko‘plab gunohlar mag‘firat qilinishi.
7. Sha’bonning yarmidagi kechada bedor bo‘lib ibodat, istig‘for va duo bilan mash-g‘ul bo‘lish kerakligi.
Abu Muso roziyallohu anhudan: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Alloh Sha’bon yarmidagi kechada qarab ko‘rib jamiki maxluqotlarini mag‘firat qilur. Magar mushrik va xusumatchi bundan mustasnodir», dedilar. Ibn Moja va Ahmad rivoyat qilgan.

Ushbu hadisdan olnadigan foydalar:

1. Sha’bonning yarmidagi kecha fazilatli ekani.
2. Mazkur kechada Alloh maxluqotlariga nazar solib qarab hammalarining gunohlarini kechirishi.
3. Mushriklik juda yomon narsa ekani.
4. Xusumatchilik juda yomon narsa ekani.

Demak, Sha’bon oyi yarimlaganda ibodat qilib mazkur va’da qilingan ajru savob hamda mag‘firatlardan bahramand bo‘lib qolish kerak. Ana shundoq fazilatli vaqtda ham gunohni mag‘firat qilinishiga mone’ bo‘ladigan mushriklik va xusumatchilikdan uzoqda bo‘lish kerak.

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt мутахассислари ўзига хос рейтингини эълон қилишди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Eron AQShning 200 nafardan ortiq qo‘mondonlari va o‘rta darajadagi zobitlari joylashgan markazga hujum uyushtirdi

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати эълон қилди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

“Dushmaning xato qilayotganida, unga aslo xalaqit berma”

The Economist Хитой Вашингтоннинг Яқин Шарқдаги ҳаракатларини шунчаки четдан кузатаётганини ёзган

"Tramp hali ham g‘alaba qozonganini aytib keladi. Lekin aslida u ancha oldin yutqazgan edi"

Менимча, Тайван фуқаролари ҳақиқий вазиятга назар ташлаганларида, буни аниқ кўришади.

"Biz urush holatidamiz, bolalar bog‘chalariga vaqtimiz yo‘q!"

Трампнинг сўзларига кўра, у Маъмурий-бюджет бошқармаси раҳбари Рассел Воутдан болалар боғчаларига маблағ ажратмасликни сўраган

AQSh va Isroil Xarg oroliga hujum qildi: qurbon bor

Бу ҳақда Tasnim маълум қилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.

Eron AQShni masxara qildi: “Biz 6000 yillik sivilizasiyamiz”

Жанубий Африкадаги Эрон элчихонаси АҚШ мудофаа вазири Пит Хегсетнинг “Эрон тош даврига қайтиши мумкин” деган баёнотини масхара қилди.

BMT: Jahon urushi xavfi — Yaqin Sharq mojarosi keskinlashmoqda

БМТ Бош котиби Антониу Гутерриш жаҳонда янги кенг кўламли уруш бошланиши хавфи ҳақида огоҳлантирди.

Toshkentda YPX xodimiga qo‘l ko‘targan mast haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Шундан сўнг ходимлар ўзлари ва атрофдагилар хавфсизлигини таъминлаш мақсадида махсус воситаларни қўллаган ҳолда қонунбузар фуқарони зарарсизлантирган.

Hindistonda 70 yoshli fil “pushti fotosessiya”dan keyin vafot etdi

Ижтимоий тармоқ фойдаланувчилари блогерни ҳайвонга нисбатан шафқатсиз муносабатда бўлганликда айблаб, уни жавобгарликка тортишни талаб қилмоқда.

Farg‘onada og‘ufurushlarga 12 yildan 15 yilgacha qamaldi

Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.

Toshkent va Sirdaryoda «Umra» bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Тошкент шаҳри ва Сирдарё вилоятида «Умра» зиёратига юбориш билан боғлиқ бир қатор фирибгарлик ҳолатлари фош этилди.

Turkiyada muhojirlar qayig‘i cho‘kdi: kamida 18 kishi halok bo‘ldi

Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.