Sergelida ikki avtobus "avariya"ga uchradi
"King Long" rusumli avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan rasmiy malumot berildi.
🔹Bugun 14 iyun kuni soat 16:14 larda, «12-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi "King Long" rusumli, davlat raqami 01|413 LKA bo‘lgan, 131-sonli yo‘nalish haydovchisi R.B boshqaruvidagi avtobus Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib, piyodalar o‘tish yo‘lagida piyodani o‘tkazish uchun to‘xtagan vaqtda, orqadan oraliq masofa saqlamay harakatlanib kelayotgan «4-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi "King Long" rusumli, davlat raqami 01|308 MKA bo‘lgan, 58-sonli yo‘nalish haydovchi K.B boshqaruvidagi avtobus kelib urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Dastabki ma’lumotga ko‘ra, ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida avtobus haydovchisi, chiptachisi va 2 nafar yo‘lovchilari tan jarohati olgan, avtobuslar texnik shikastlangan.
Sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan «Toshshahartransxizmat» AJ Harakat xavfsizligini nazorat qilish bo‘limi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi belgilandi.
🔹Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB MDX tezkor guruhi xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilganligi ma’lum qilindi.