Serbiya muxolifati muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini talab qilmoqda

Serbiya muxolifati muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini talab qilmoqda

Serbiyaning o‘ng qanot vatanparvar partiyalari tarafdorlari hukumatning Kosovo va Metoxiya masalasida olib borayotgan siyosati tufayli hokimiyatning iste’foga chiqishi va muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini talab qilishdi.

"Biz respublika prezidentining iste’fosini, yangi saylovlar o‘tkazilishini talab qilamiz, unda u va uning partiyasi o‘zining yangi siyosatini, Kosovoni qanday himoya qilishini ko‘rsatadi", - dedi muxolifat yetakchilari Serbiya poytaxti markazida yig‘ilgan fuqarolarga.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, taxminan 12:40 (Toshkent vaqti bilan 16:40)da yuzlab namoyishchilar Knez-Milos va Nemanina ko‘chalari kesishgan joyga kelib, harakatni to‘sib qo‘ygan.

Polisiya, shuningdek, Belgradning markaziy qismida avtomobillar o‘tish joyini to‘sib qo‘ydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!