"Sen — eshaksan": Messi Karragerni nega haqorat qildi?

"Sen — eshaksan": Messi Karragerni nega haqorat qildi?

«Liverpul»ning sobiq sardori, hozirda teleekspert Jeymi Karrager yaqinda «PSJ» hujumchisi Lionel Messi tomonidan haqoratlanganini tan oldi.

Britaniyalikning so‘zlariga ko‘ra, «Oltin to‘p»ning yetti karra sohibi Karragerning 34 yoshli hujumchi bilan shartnoma imzolanishi parijliklar uchun unchalik omadli kelmagani haqidagi so‘zlaridan norozi bo‘lgan.

«Menda Messidan kelgan xabar bor. U meni "eshak" deb haqorat qildi. Bilaman, Messi, siz barcha davrlarning eng zo‘r futbolchisisiz, siz bilan solishtirganda men "eshak" edim. Mayli, men buni qabul qilaman, lekin siz bu jamoada muvaffaqiyatsizlikka uchrayapsiz. Yozda Amerika kubogini qo‘lga kiritgan bo‘lsangiz ham, yetarlicha o‘yin ko‘rsatmayapsiz», - dedi Karrager.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!