«Sen baxtli bo‘lishga haqlisan»: «Ilk rivojlanish markazi» e’tiborga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlaydi
Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan tashkil qilingan press-tur Toyloq pedagogika kollejidagi «Ilk rivojlanish markazi»da davom etdi.
Ma’lumot uchun, bu markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 iyundagi PQ-5144-sonli «Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorining 2-ilova 8-9-bandiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 dekabrdagi 789-sonli “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi, ta’limda global hamkorlik tashkiloti hamda natijalarga asoslangan yondashuvlar uchun global hamkorlik tashkiloti ishtirokidagi «Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2021 yil 6 oktyabrdagi 195-sonli «Ilk rivojlanish markazlari»ni tashkil etish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan Jahon banki bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Jahon banki bilan hamkorlikdagi «Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish» loyihasi doirasida tashkil qilingan markaz bolalarning iqtidorini yuzaga chiqarishga va imkoniyatlarni kengaytirishda muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumot uchun, 2021-2022 o‘quv yilida 9 nafar, 2022-2023 o‘quv yilida 7 nafar alohida ta’limga ehtiyoji bor bolalar oddiy maktabda o‘zi qatori bolalar bilan bir sinfda o‘qish imkoniga ega bo‘ldi.
Jami markaz bo‘yicha 846 nafar tarbiyalanuvchilarga 36 nafar pedagoglar ta’lim bermoqda. Bu pedagoglar Maktabgacha ta’lim vazirligining mutaxassislari va psixologlari suhbatidan o‘tgan, seminar-treninglarda malakalarini oshirgan.
Markazda 1 nafar koordinator, 4 nafar mentorlar, 36 nafar pedagoglar va 17 nafar assistentlar va 1 nafar hamshira, jami nafar 59 nafar xodim faoliyat olib bormoqda.
Toyloq tumanida 50 ta mahalla mavjud bo‘lib, ulardan 41 ta mahalladan bolalar qamrab olingan. Eng uzoq mahallalar markazdan 45-50 km masofada joylashgan.
Alohida ta’kidlash joizki, loyiha ko‘plab yolg‘iz onalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va imkoniyati cheklangan oila farzandlariga hayotda ijtimoiylashuviga yordam berib, ularni psixo-ijtimoiy qo‘llab quvvatlaydi.
Bu bilan insonlarning jamiyatda o‘rinini topishga, shuningdek e’tibordan va qamrovdan qolgan bolajonlarni yoshiga mos rivojlanishiga xizmat qiladi.
