Seldan faqat qochib qutulish mumkin – FVV

Seldan faqat qochib qutulish mumkin  – FVV

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Mavlon Yunusov suv toshqinlari, sel oqimlari hamda ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq mavsum hali davom etayotganini eslatib, ulardan himoyalanish yuzasidan quyidagi tavsiyalarni ko‘rsatib o‘tdi.

Sel – tog‘ vodiylari, soylar va jarliklardan oqib keladigan, katta vayronagarchilik kuchiga ega bo‘lgan qisqa muddatli loyqa va loyqatosh aralash kuchli suv oqimidir. Shuningdek, sel oqimlari qorlarning jadal erishi, kuchli jala yog‘ishi natijasida kichik daryo va soylarda ham sodir bo‘lishi mumkin.

Sel oqimlari 85% xolatlarda jala yog‘ishi, 4 % xolatlarda tog‘ qorlarining erishi, 1.3 % xolatlarda tog‘ suv xavzalari, suv omborlari, muzlagan suv xavzalarining o‘pirilishi natijasida yuzaga kelishi mukin.

Katta xajmga ega va yuqori tezlikdagi sel oqimi katta tolofatlar yetkazishi mumkin.

Sel xavfi mavjud hudularda aholiga quyidagilar tavsiya etiladi.

1. Toshqin, sel va ko‘chki xavfi mavjud xududlarda yashaydigan fuqarolarimiz Uzgidromet, Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish xizmati, FVV va mahalliy xokimliklar vakillari orqali o‘zi yashaydigan uyning sel kelish, toshqin va ko‘chki xavfi mavjud hududda ekanligi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishi hamda ularning tavsiyalariga qat’iy amal qilishi lozim.

2. Toshqin, sel va ko‘chki xavfi insonlarning hayoti, sog‘ligi va moddiy boyliklarga xavf tug‘dirishini doim yodda tutish kerak.

3. Sel oqimlarida hududida faqat qochib qutilish mumkin, sel oqimi juda tez shakllanishi sababli, turli balandliklar, tepaliklar yoki daraxtlarga chiqib saqlanish mumkin. Uning davomiyligi 3-5 soatgacha yetishi mumkin.

4. Adirliklar, tog‘ yon bag‘irlarini o‘zboshimchalik bilan yerlarni o‘zlashtirishmaslik, u yerlarda agrotexnik tadbirlar qoidalarini buzmaslik lozim.

5. Sel omborlari, sel yo‘llari va ko‘chki xavfli hudularda uy-joy va boshqa ob’ektlarni qurilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

6. Hududlarda irigasiya tizimlari ob’ektlari, sel omborlari va boshqa suv tizimi ob’ektlaridan qonunga xilof ravishda suv olish yoki boshqa maqsadlarda dambalariga zarar yetkazmaslik lozim.

7. Sel xavfi e’lon qilinganda imkon boricha mazkur hududlarga dam olish va boshqa maqsadlarda xarakatlanmaslik.

8. Aholi xonadonlari va uylarida mavjud suv o‘tkazgichlarni doimo tozalab, shay holatda saqlanishiga e’tibor qaratish.

9. Sel oqimlari yo‘lida o‘zboshimchalik bilan daraxtzorlar tashkil etmaslik.

10. Sel xavf mavjud xududlarda bolalar va qariyalarni qarovsiz qoldirmaslik maqsadga muvofiqdir.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tegishli vazirlik va idorlarlar, mahalliy xokimliklar bilan hamkorlikda aholi va hududlarini toshqin suvlari, sel oqimlari va ko‘chki hodisalaridan muhofaza qilish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirmoqda. Jumladan,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Uzgidromet” xizmati markazi, Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Suv xo‘jaligi vazirligi

va “O‘zbekgidroenergo” AJ xodimlaridan iborat Respublika idoralararo shtabi va uning hududiy shtablari kuchaytirilgan tartibda faoliyat olib bormoqda.

Gidrometeorologik va geologik xavfli hududlarda aholining xavfsizligini ta’minlash maqsadida, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar va jamoatchilik vakillaridan iborat 152 ta nazorat-kuzatuv postlari negizida qo‘shimcha shtablar o‘z ishlarini davom ettirmoqda.

Ularning tarkibidagi hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalaridan 300 nafar, Ichki ishlar boshqarmalaridan 113 nafar, shuningdek Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati, Gidrometeorologiya xizmati markazining mutaxassislari, mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillarining tunu-kun navbatchiligi olib borilmoqda.

Shuningdek, xavfli uchastkani kuzatish va yuzaga kelgan turli favqulodda vaziyatlarni zudlikda bartaraf etish maqsadida, shtablarga biriktirilgan “dozor xizmatini” olib boruvchi 87 ta yong‘in-qutqaruv maxsus texnikalari yuqori tayyorgarlikda xizmatni olib bormoqda.

Gidrometeorologik va geologik xavfli hududlarda tashkil etilgan shtablar tomonidan xavfli xududlardan vaqtinchalik ko‘chirilgan aholining doimiy yashash joylariga qaytib kelishining oldini olish, ushbu hududlarda transport qatnovinini taqiqlash bo‘yicha nazorat olib borilmoqda.

favqulodda vaziyatlarni tezkor bartaraf etish uchun 65 ta yong‘in-qutqaruv otryadlari hamda tumanlar yig‘ma mexanizasiyalashgan otryadlari kuch-vositalari shay holatga keltirilgan.

Shuningdek, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan xavfli uchastlardagi 46 ta aholi xo‘jaliklarini doimiy xavfsiz xududlarga ko‘chirish bo‘yicha fuqarolarga yer ajratish, moliyaviy masalalarni hal etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Toshqin suvlari va sel oqimlarini xavfsiz va talofatsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash maqsadida, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda xavfli hududlardagi daryo kanallar o‘zanlarini tozalash, qirg‘oq va dambalarni mustahkamlash bo‘yicha kun davomida 2 ta (mavsum boshidan 133 ta) amaliy tadbirlar o‘tkazildi.

Olib borilgan ushbu tadbirlar davomida 55 708 m3 tuproq, 54 456 m3 qum-shag‘al, 5 622 m3 beton ishlari bajarilib, 76,0 km. masofadagi magistral kanal, daryo va soylar o‘zanlari tozalandi.

Bundan tashqari, aholining bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, mahallalarda 2 931 nafar fuqarolar bilan 88 marotaba uchrashuv va tushuntirish ishlari olib borildi.

Hurmatli hamyurtlar, toshqin suvlari, sel oqimlari va ko‘chki xodisalari bilan bog‘liq xavflar yuzaga kelganda respublikamizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan tezkor shtablarga 101, 1050 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!