Isroil amaldorlari polisiya xodimlari hamrohligida BMTning UNRWA tashkilotiga qarashli oltita maktabga zo‘rlik bilan kirib, bu muassasalarni yopish niyatida ekanliklarini ma’lum qildi.
G‘azo sektori Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, so‘nggi 24 soat ichida Isroil hujumlari natijasida kamida 58 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 213 kishi esa jarohat oldi.
Dushanba kuni G‘azo janubidagi Xon Yunus shahridagi Nosir shifoxonasi yaqinida joylashgan ommaviy axborot vositalari chodiriga Isroilning uyushtirgan hujumida og‘ir kuyish jarohatini olgan jurnalist Ahmad Mansur vafot etdi. Bu hujumda halok bo‘lganlar soni kamida uchga yetdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Oq uyda uchrashib, G‘azodan majburiy ko‘chirilgan falastinliklarni qabul qilishga "rozi bo‘lishi mumkin" bo‘lgan mamlakatlar haqida muhokama o‘tkazdi.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning G‘azoga qarshi urushida kamida 50 810 falastinlik halok bo‘lgani va 115 688 kishi jarohat olgani tasdiqlandi. Hukumat matbuot xizmati vayronalar ostida bedarak yo‘qolgan minglab odamlar halok bo‘lgani taxmin qilinayotganini aytib, qurbonlar sonini 61,7 mingdan ortiq kishiga yetkazdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Украина президенти Владимир Зеленский Киев вақтинчалик босиб олинган ҳеч қандай ҳудудни Россиянинг бир қисми сифатида ҳуқуқий жиҳатдан тан олмаслигини маълум қилди.
Халқаро валюта жамғармаси (ХВЖ) Украинадаги қуролли можаро 2025 йилда якунланишини кутмоқда. Бундай маълумотлар ташкилотнинг сўнгги ҳисоботида келтирилган.
Покистон Сенати (парламент юқори палатаси) бир овоздан Ҳиндистон шимолидаги Жамму ва Кашмир ҳудудида содир этилган терактда Исломободнинг ролини инкор қилувчи резолюцияни қабул қилди, дея хабар беради Dawn портали.
AҚШ президенти Доналд Трампнинг рейтинги иккинчи президентлик муддати бошланганидан бери рекорд даражага тушиб кетди, деб хабар берди The Hill газетаси Decision Desk HQ томонидан ўтказилган сўровга асосланиб.
Ўзбекистон Республикасининг Истанбул шаҳридаги Бош консулхонаси марҳумнинг жасадини Ватанимизга юбориш бўйича зарур консуллик-ҳуқуқий ва ташкилий чораларни кўрмоқда.