Savdogarlar nayrangi: maktab bozorlarida narx-navo qanday?

A A A
Savdogarlar nayrangi: maktab bozorlarida narx-navo qanday?

O‘qish boshlanishiga ikki hafta vaqt qoldi. Tabiiyki, shu kechayu-kunduzda aksariyat ota-onalarni bolani maktabga tayyorlash: o‘quv qurollarini olib berish masalasi o‘ylantirmoqda. Ularning aksariyati maqbulroq narxdagi tovarlarni xarid qilish istagida yaqinda ish boshlagan "maktab bozorlari"da bo‘lishga ulgurgandir ham.

Savdogarlarning aytishicha, tovarlar narxida o‘tgan yilgiga nisbatan farq unchalik katta emas.

O‘zbekistonning barcha hududlarida tashkil etilgan maktab bozorlari - bu qo‘shimcha savdo rastalarimi yoki arzonroq narxda tovar xarid qilish imkonini beruvchi joy? Bunga aniqlik kiritish uchun Sputnik O‘zbekiston muxbiri Toshkentning turli tumanlarida tashkil etilgan maktab bozorlarida bo‘ldi.

Bozorda nima gap?

Tumanlar kesimida tashkil etilgan maktab bozorlaridagi narxlarni solishtirishning imkoni yo‘q. Faqat bir narsa quvontiradi, narxlar o‘tgan yildagidan ko‘pam farq qilmayapti. Eng arzon ruchka, daftar, qalam va ryukzak haqidagi savollarimdan so‘ng, savdogar ayol kichik sirni ochadi: "Farzandingiz uchun jami maktab qurollarini 100 ming so‘mga ham xarid qilishingiz mumkin, gap cho‘ntak qaysi narxni ko‘tarishida!".

"Ayrim ota-onalarga arzon tovarlarni taklif etsak, menga sifatlisini bering, deyishadi. Mana, yaqinda bir ota 200 so‘mdan olgan ruchkasini qaytarib olib keldi. "Menga daftarni tirnaydigan emas, yozadigan ruchka bering", deya, o‘rniga ming so‘mlik ruchkadan oldi", - gapida davom etadi suhbatdoshim.

Maktab bozorlarida, haqiqatda, cho‘ntak imkoniyatidan kelib chiqib, istalgan narxdagi maktab o‘quv-qurollarini xarid qilish mumkin. Deylik, oddiy ruchkalar 220 so‘mdan tortib 4 ming so‘mgacha, rangli qalamlar 6 ming so‘mdan 30 ming so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilmoqda. Ryukzaklar (sumkalar) ham xuddi shunday. Takliflar qirq ming so‘mdan boshlanib 170 ming so‘mgacha boradi.

Ryukzaklar narxi 40 ming so‘mdan boshlanadi. So‘nggi modadagisi - ichida mobil telefonni zaryad qilishga mo‘ljallangan USB-port bo‘lgan ryukzaklar - 70 mingdan boshlab sotilmoqda

Umuman, yarmarkalardagi tovarlar xilma-xilligi allaqachon odatiy holga aylangan. Kundaliklarni aytmaysizmi: O‘zbekiston bayrog‘i aks ettirilgan vatanparvarlik ruhidagisidan tortib, chet el futbol yulduzlari va mashhur multqahramonlar aks etganlarigacha bola xohishiga qarab tanlayverasiz. Istasangiz, xitoy molidan ham arzon mahalliy ishlab-chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan ustiga charm qoplanganini oling, narxlar 3 ming so‘mdan boshlanadi.

Tovarlar narxi turli rastalarda turlicha. Bo‘yoqlar 8 ming so‘mdan to 20 ming so‘mgacha sotilmoqda

Daftarlar masalasi yana-da qiziq. Misol uchun, 12 varoqli daftarlar alohida olganingizda 450-500 so‘mdan tushsa, "Ippodrom"dagi maktab bozorida ayrim rastalar jami maktab qurollarni ulardan xarid qilsangiz, daftarlarni sizga 100 so‘mdan yoki umuman bepul berish bo‘yicha o‘ziga xos aksiyani yo‘lga qo‘ygan. "Maktab bozorigami?", degan savolga "ha", deb qo‘ysangiz bo‘ldi, qo‘lingizdan tortib, rastasi oldida turgan kursiga o‘tirg‘izib, siz bilan qizg‘in savdoni boshlashadi.

Bu yerda bir narsaga e’tibor qaratish kerak, deylik, mabodo narxlarni yaxshi bilmasangiz, narigi rastada 12 ming so‘m turgan hamma maqtayotgan yumshoq rangli qalamlarni "arzon daftarga uchib" 20 ming so‘mga xarid qilib qo‘yish xavfi yo‘q emas.

Qulfli penallar va chapaqaylar uchun ruchkalar

Bu yilgi o‘quv qurollari orasida qanday yangi tovarlar borligiga qiziqaman.

Menga telefonni quvvatlantirish imkonini beruvchi USB-portli ryukzaklarni, qulflanadigan sumka-penallarni, chapaqaylar uchun maxsus ruchkalarni, kamalak rangli silikon qutiga solingan o‘chirg‘ichlarni ko‘rsatishdi.

"Penalga qulfning nima keragi bor?", - so‘rayman tovarini menga maqtayotgan, taxminimcha hali o‘zi maktab o‘quvchisi bo‘lgan yigitchadan.

"Ota-onalar ko‘p so‘rayapti. Yaxshi-da, farzandingiz misol uchun, pul solib qo‘yishi mumkin, hech kim teginmaydi. Keyin sumkachaga o‘xshatib alohida o‘zi bilan olib yursa ham bo‘ladi", - tushuntiradi menga yigitcha o‘zining tovarni ta’riflay olayotganidan hatto biroz g‘ururlanib. Ammo plastmassa ilgaklarga osilgan qo‘pol kodli qulf nimagadir menda ishonch uyg‘ota olmadi. O‘rniga oddiy va foydalanishga qulay penalni tanlayman. Darvoqe, penallar narxi 8 ming so‘mdan boshlanadi, bolakay maqtagan super-kodli sumka-penal uchun esa 45 ming so‘m sanab berishingizga to‘g‘ri keladi.

Uyum-uyum ko‘ylak-shimlar

Maktab o‘quvchisini arzon narxda kiyintirmoqchi bo‘lganlar, albatta Ippodrom bozorini ma’qul ko‘rishadi. Bugun bu yerda 6-11-sinf o‘quvchi qizlari uchun kofta-yubkalar 250 ming so‘mgacha, o‘g‘il bolalar uchun maktab formalari ham taxminan shu narxda sotilmoqda.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun qora va tim ko‘k rangdagi shimlar - 60 ming so‘m, oq ko‘ylaklar - yengi kaltasi - 30 ming so‘m, yengi uzuni 50 ming so‘m turibdi.

Bolalar uchun tayyor maktab formalari narxi 250 ming so‘mni, kostyum-shimlar narxi 180-350 ming so‘mni tashkil etmoqda. Poyabzallar - 90 ming so‘mdan boshlanadi.

Farzandini maktabga tayyorlayotgan ota-onalarga beradigan birgina maslahatim, maktab bozorlariga borganingizda, avval aylanib, narxlar va tovarlar assortimenti bilan obdon tanishib chiqing, tanlang va shundan so‘ng xarid qiling. Taklif etilayotgan "bepul" daftarlar sirini esa sizga yuqorida ochiqladik.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Lamin Yamal «Barselona»ning bayram kechasiga yangi sevgilisi bilan tashrif buyurdi (foto)

«Барселона»нинг 18 ёшли вингери Ламин Ямал омма олдида янги севгилиси билан кўриниш берди.

Turklar Erondan ham yomonroq ahvolga tushadi — Isroil madaniyat vaziri

Мики Зоҳар “Туркияга душман давлат сифатида муомала қилишни бошлаш лозим” деган мазмундаги фикрни ҳам илгари сурди.

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Хориждан наслдор қорамолларни олиб кириш ҚҚСдан озод этилади.

AQShning «Atlanta Yunayted» klubi JCH-2026 oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga murojaat qildi

Американинг «Атланта Юнайтед» клуби ижтимоий тармоқларда Ўзбекистон миллий футбол терма жамоасига ЖЧ-2026 давридаги ҳамкорлик ҳақидаги эълондан сўнг мурожаат қилди.

Rossiyalik sobiq futbolchi JChda O‘zbekistondan nimalar kutayotganini aytdi

СССР терма жамоасининг собиқ футболчиси Андрей Канчельскис 2026 йилги жаҳон чемпионатидан кутаётган натижаларни айтиб ўтди.

«Barselona» Erling Xoland transferi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

«Манчестер Сити» ҳужумчиси Эрлинг Холанд «Барселона»нинг қизиқишлар доирасига кирди.

AQShda qush uyasi sababli xaridor o‘zi sotib olgan avtomobilga egalik qila olmayapti (foto)

Бу ҳақда Autoblog хабар берди.

Dunyodagi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchi davlatlar yillik tonna hisobida ko‘rsatildi

Ўзбекистон ҳам юқори ўринларда туради: 10-ўрин.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

"Oreshnik" zarbalari dunyoni yadroviy urush yoqasiga olib kelmoqda – Kaya Kallas

Келгуси ҳафтада Европа Иттифоқи мамлакатлари ташқи ишлар вазирлари Россияга босимни қандай кучайтиришни муҳокама қилишади

Zelenskiy Kiyev viloyatiga "Oreshnik" raketasi zarba berganini tasdiqladi

Украина Қуролли кучлари Ҳаво кучлари маълумотларига кўра, Россия тунда мамлакат бўйлаб 90 та ракета ва 600 та дрон учирган.

Gvardiolaning so‘nggi bahsiga rekord darajada muxlis tashrif buyurdi

«Манчестер Сити» ўз уйи — «Этихад» стадионида томошабинлар ташрифи бўйича янги рекорд ўрнатди.

Pentagon e’lon qilgan “sirli uchar jism” tarmoqda kulgiga sabab bo‘ldi

Айрим фойдаланувчилар уни “фаришта” ёки “ўзга сайёралик” деб тахмин қилган.

Superkompyuter futbol bo‘yicha JChda kim g‘olib bo‘lishini aytdi

Шу билан бирга, Opta статистика портали FIFA Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоасининг чемпионлик имконияти 0,07% деб баҳоланган.

Chexiya Ukrainadan kelgan qochqinlar uchun qoidalarni kuchaytirmoqda

ČTK агентлиги хабар беришича, ҳужжат парламент қуйи палатасига тасдиқлаш учун юборилган.

Rossiya Ukrainadagi “qaror qabul qilish markazlari”ga zarbalar berish bilan tahdid qildi va xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги Украинанинг аннексия қилинган Луганскдаги ётоқхонага берган зарбасига жавобан, Россия Қуролли кучлари Киевдаги мудофаа корхоналари, “қарор қабул қилиш марказлари” ва қўмондонлик пунктларига зарбалар берилиши ҳақида таҳдидли баёнот эълон қилди.

Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonda turizm sohasida faoliyat ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama etildi

Хитойнинг Сиан шаҳрида бўлиб ўтган “III Ўзбекистон – Хитой ҳудудлараро форуми” доирасида Туризм қўмитаси раиси А. Аққулов Хитойнинг “Fei Jing Tourism” компанияси (чиқиш туризми) вице-президенти Веи Жие, “Winner Hydrogen” транспорт компанияси бош директори Луо Тианши ҳамда “Shaanxi Tourism Group” компанияси бош директори ўринбосари Сзао Юеванг билан музокаралар ўтказди.

Venesuelada mahbuslar tergov izolyatorini egallab oldi

Маҳбуслар директорнинг ишдан бўшатилишини талаб қилмоқда. Улар қамоқхона миноралари томига кўтарилган, баъзилари эса матрасларни ёқиб юборган.

Kiyevdagi “Chernobil” muzeyida yong‘in chiqdi

Маълум қилинишича, миллий Чернобиль музейи фақат апрель ойи охирида кенг кўламли реставрациядан кейин қайта очилган эди.

Birinchi Boku Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan fundamental nashrlar Olmaotada taqdim etildi

2026 йил 22 май куни Қозоғистон Республикаси Миллий кутубхонасида Биринчи Боку Туркология Қурултойининг 100 йиллигига бағишланган Турк маданияти ва мероси жамғармасининг фундаментал илмий нашрлари тантанали равишда тақдим этилди.

Lukashenko va Makron uzoq vaqtdan so‘ng telefon orqali muloqot qildi

Минск расмийларига кўра, қўнғироқ ташаббуси Франция томонидан билдирилган.

AQSh elchixonasi Kiyevda yirik havo hujumi xavfi haqida ogohlantirdi

АҚШнинг Киевдаги элчихонаси яқин 24 соат ичида Украина ҳудудига «сезиларли ҳаво ҳужуми» бўлиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантириш эълон қилди.

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3123 kishiga yetdi

Вазирлик билдиришича, 2 мартдан буён бошланган ҳарбий кескинлашув даврида қурбонлар умумий сони 3123 кишига, яраланганлар сони эса 9506 кишига етган.

Isroilga hozirda 51 ta davlat harbiy mahsulot yetkazib bermoqda

Маълумотларга кўра, қурол-яроғ ва ҳарбий технологиялар етказиб бериш Халқаро суднинг Ғазода геноцид хавфи мавжудлиги ҳақидаги огоҳлантиришидан кейин ҳам давом этган.

Norvegiyada “eng chiroyli hojatxona” xavfsizlik sabab yopildi

Андайя оролида жойлашган ва фьорд манзараси билан машҳур бўлган жамоат ҳожатхонаси ҳарбий хавфсизлик туфайли ёпилди.

Namanganda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi

Шифокорлар томонидан болага биринчи тиббий ёрдам кўрсатилганидан сўнг у яқинларига топширилди. Ҳозирда боланинг аҳволи яхши экани маълум қилинмоқда.

Xitoyda ko‘mir konidagi portlashda 90 kishi halok bo‘ldi

Хитой раиси Си Жинпинг тирик қолганларни излаш ва жабрланганларни қутқариш учун барча куч ва воситаларни сафарбар қилишни буюрган.

Rubio: Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar to‘xtatildi

Бу ҳақда АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Швециянинг Хелсингборг шаҳрида бўлиб ўтган НАТО ташқи ишлар вазирлари йиғинида маълум қилди.

“MV Hondius” kemasida xantavirusga chalinganlar soni oshdi

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти раҳбари Тедрос Адханом Гебрейесуснинг маълум қилишича, “MV Hondius” круиз лайнери билан боғлиқ яна бир хантавирус юқиш ҳолати аниқланган.

Hanter Bayden Isroilni otasiga qarshi kampaniya bilan bog‘ladi

АҚШнинг собиқ президенти Жо Байденнинг ўғли Ҳантер Байден отасига қарши коррупция айбловларини тарқатишда Исроил билан боғлиқ шахслар иштирок этган бўлиши мумкинлигини билдирди.

Oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan dori vositalari fosh bo‘ldi

Тегишли баҳолаш ҳисоботига кўра, ушбу тиббий воситаларнинг умумий қиймати 1 млрд 323 млн сўмни ташкил этади.

GoTürkiye yangi mini-seriali “Cappadocia Fairytale” ekranlarda

Туркиянинг глобал туризм платформаси — GoTürkiye мамлакатнинг бетакрор сайёҳлик манзилларини кинематографик ҳикоялар орқали намойиш этиб, халқаро аудитория эътиборини жалб этишда давом этмоқда.

Pokiston Eron va Markaziy Osiyoga mango eksporti uchun cheklovlarni yengillashtirdi

Покистон ҳукумати Эрон ва Марказий Осиё давлатларига қуруқлик орқали манго экспорт қилиш бўйича молиявий талабларни вақтинча енгиллаштирди.

Daniyada 2012 yildan buyon eng kuchli zilzila qayd etildi

Сейсмологларнинг сўзларига кўра, ушбу ҳодиса Скандинавия ўлчовлари бўйича анча сезиларли бўлиб, мутахассисларнинг катта эътиборини тортди.