Savdo qilayotib yolg‘on gapirsangiz...

A A A
Savdo qilayotib yolg‘on gapirsangiz...

Tojir savdo molini maqtash uchun yolg‘on gapirish harom ekanini zinhor unutmasligi zarur. 

Shuningdek, va’daga vafo qilmay, so‘ng yolg‘on gapirish, narsalarning bahosini bayon qilishda yolg‘on ishlatish ham haromdir.

عَنْ رِفَاعَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ: أَنَّهُ خَرَجَ مَعَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم إِلَى الْمُصَلَّى، فَرَأَى النَّاسَ يَتَبَايَعُونَ، فَقَالَ: «يَا مَعْشَرَ التُّجَّارِ!»، فَرَفَعُوا أَعْنَاقَهُمْ وَأَبْصَارَهُمْ إِلَيْهِ إِجَابَةً لَهُ، فَقَالَ: «إِنَّ التُّجَّارَ يُبْعَثُونَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ فُجَّارًا إِلَّا مَنِ اتَّقَى اللهَ، وَبَرَّ، وَصَدَقَ». رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ.

Rifo’a roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«U kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan namozgohga chiqqan ekanlar. Shunda u zot savdo qilayotgan odamlarni ko‘rib: «Ey tojirlar jamoasi!» dedilar. Ular boshlarini ko‘tarib, chaqiriqqa javoban, u zotga qaradilar. Shunda u zot: «Albatta, tojirlar qiyomat kuni fojirlar holida tiriltirilurlar. Faqat Allohga taqvo qilgan, yaxshilik va rostgo‘ylik qilgan bundan mustasno»dedilar».

Termiziy rivoyat qilgan.

Agar tijoratchi odam taqvodor, yaxshilik qiluvchi va rostgo‘y bo‘lmasa, tojirlik egasiga nadomat, oxirat sharmandaligini keltiradi. Har bir tojir ushbu hadisi sharifda zikr qilingan uch sifatni o‘zida mujassam qilishga urinmog‘i kerak:

1. Alloh taologa taqvo qilish;

2. Yaxshilik qilish;

3. Rostgo‘y bo‘lish;

Ushbu sifatlari bor odamgina tijoratda fojirlik, aldamchilik, haromxo‘rlik qilmaydi.

Aslini olganda tojirlik ham shariat ko‘rsatgan yo‘l bilan amalga oshirilsa, ibodat bo‘ladi. Chunki tojirlar tijoratlari orqali o‘zlariga foyda topishdan tashqari, jamiyatlari uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan ishni amalga oshiradilar. Ko‘pchilikning og‘irini yengil qiladilar.

Alloh taolo Qur’oni Karimda tijoratni halol qilganini e’lon qilgan. Hatto haj ibodati vaqtida ham tijoratga ruxsat bergan. Sahobalardan ba’zilari tijorat vaqti kelsa, Allohning yo‘lida jiddu jahd qilishga teng bo‘lishini ayt­ganlar.

Ushbu afzalliklarning hammasi tojirning taqvodor, rostgo‘y va omonatli bo‘lishiga bog‘liqdir. Ana o‘shanda mo‘min-musulmon tojir qiyomat kuni yuksak martabalarga erishadi. Nabiylar, siddiqlar va shahidlar bilan birga bo‘ladi.

Ushbu hadis oldimizga tojirlarning ikki xil holatini ko‘ndalang qo‘ymoqda:

Aldamchi, yolg‘onchi va haromxo‘rlari qiyomat kuni fojir bo‘lib tiriltiriladi;

Taqvodor, sodiq va omonatlilari qiyomat kuni nabiylar, siddiqlar va shahidlar bilan birga bo‘lishadi. Endi ixtiyor hammaning o‘zida. Har kim niyatiga va amaliga yarasha mansab topadi.

عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ أَبِي أَوْفَى رَضِيَ اللهُ عَنْهُ: أَنَّ رَجُلًا أَقَامَ سِلْعَةً وَهُوَ فِي السُّوقِ، فَحَلَفَ بِاللهِ لَقَدْ أَعْطَى بِهَا مَا لَمْ يُعْطَ لِيُوقِعَ فِيهَا رَجُلًا مِنَ الْمُسْلِمِينَ، فَنَزَلَتْ ﮋﯭ             ﯳﯴﮊ الْآيَةَ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ.

Abdulloh ibn Abu Avfo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Bir kishi bozorda turib, bir molni savdoga qo‘ydi va musulmonlardan bir odamni qiziqtirish uchun u(mol)ga o‘ziga berilayotgandan ko‘p berganini aytib, Allohning nomi ila qasam ichdi. Shunda:

«Allohning ahdini va o‘z qasamlarini ozgina bahoga sotadiganlar...» oyati nozil bo‘ldi».

Imom Buxoriy rivoyat qilgan.

Oyatning davomida:

«…albatta, ana o‘shalarga oxiratda yaxshi nasiba yo‘qdir, qiyomat kuni Alloh ularga gapirmas, nazar solmas va ularni poklamas. Ularga alamli azob bor», deyilgan (Oli Imron surasi, 77-oyat).

Demak, odamlarni qiziqtirib, molini o‘tkazish uchun «O‘zi bu mol menga bunchaga tushgan», deb yoki «Odamlar «Buncha beraman», degan edi, sotmadim», deb yolg‘on aytib, qasam ichish oxiratda yomon oqibatlarga olib kelar ekan. Shuning uchun bu narsadan hushyor bo‘lish lozim.

 “Bozor va unga og‘liq masalalar” kitobidan

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt мутахассислари ўзига хос рейтингини эълон қилишди.

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erondan Isroilga raketalar to‘lqini otildi

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот котиби маълум қилди.

O‘zbekiston taklifni qabul qilmagan mashhur murabbiy mundialga boshqa termani olib boradi

Ўтган йили Ўзбекистон миллий терма жамоаси бошқаришга таклиф этилган машҳур немис мутахассиси Йоахим Лёв барибир жаҳон чемпионатига бориш имкониятига эга бўлди.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

Buyuk Britaniyada 14 million dollarlik lotereya yutib olgan shaxs yutuqlarini qo‘lga kirita olmadi

Бу ҳақда ўйинни ўтказган миллий лотерея оператори Allwyn хабар берди.

Eron tomonidan urib tushirilgan AQSh F-15 samolyotining ekipaj a’zolaridan biri qutqarib olindi

Бу ҳақда CBS News америкалик расмийларга таяниб хабар берди.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.

Eron AQShni masxara qildi: “Biz 6000 yillik sivilizasiyamiz”

Жанубий Африкадаги Эрон элчихонаси АҚШ мудофаа вазири Пит Хегсетнинг “Эрон тош даврига қайтиши мумкин” деган баёнотини масхара қилди.

BMT: Jahon urushi xavfi — Yaqin Sharq mojarosi keskinlashmoqda

БМТ Бош котиби Антониу Гутерриш жаҳонда янги кенг кўламли уруш бошланиши хавфи ҳақида огоҳлантирди.