Saudiya Arabistoni xorijga Qur’oni karim tarqatmoqda

Saudiya Arabistoni xorijga Qur’oni karim tarqatmoqda

Saudiya Arabistoni Ramazon oyida xorijga Qur’oni karimning bir million nusxasini tarqatmoqda. Bu haqda "Arabnews" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon Ramazon oyida Qur’oni karimning bir million nusxasini xorijga tarqatishni tasdiqladi.

Nusxalarda Qur’onning turli o‘lchamdagi nusxalari va muqaddas kitobning 76 dan ortiq tilga tarjimalari bo‘ladi.

Madinadagi podshoh Fahd Qur’on matbaa majmuasi tomonidan chop etilgan nusxalar 22 davlatdagi islom markazlariga sovg‘a qilinadi.

Islom va Da’vat ishlari vaziri, shayx doktor Abdulatif ibn Abdulaziz Al-Shayxning qayd etishicha, muqaddas kitob nusxalari Ramazonga o‘z vaqtida yetib borishi ta’minlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!