Saudiya Arabistoni Ukraina bo‘yicha vositachilikni davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi

Saudiya Arabistoni Ukraina bo‘yicha vositachilikni davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi

Saudiya Arabistoni rasmiylari Ukraina mojarosini hal qilish uchun vositachilik harakatlarini davom ettirishga tayyor.

Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud bayonot berdi.

BMT Bosh Assambleyasidagi nutqi chog‘ida u Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshirish kerakligini ta’kidladi.

“Biz Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha vositachilik sa’y-harakatlarini davom ettirishga tayyormiz”, — deya vazirning so‘zlarini keltiradi TASS.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!