O‘zbekiston maktablarida yozgi ta’til bir yarim oy, ya’ni 6 hafta bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi buni rad etdi.
Tarqalgan xabarlarda uzoq ta’til davomida bolalar bilimni unutib qo‘yishlari mumkinligi sabab ayrim ota-onalar bu taklifni qo‘llab-quvvatlagani, boshqalar bu qarorga qarshi ekani aytilgan. Dunyodagi ayrim davlatlarda yozgi ta’til qisqaroq ekani, lekin yil davomida ko‘plab bayram kunlari borligi ham qayd etib o‘tilgan.
darakchi.uz bu xabarlar qanchalik asosli ekanini aniqlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi bilan bog‘landi.
“Bu gapni o‘ylab topishganmi yoki taklif sifatida aytilganmi aniq bilmayman. Lekin maktablarda yozgi ta’til qisqaradi degan masala vazirlikda ko‘tarilgani ham, bu gap bo‘lgani ham yo‘q”, deb javob berdi vazirlik axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra, o‘quv yilining davomiyligi 34 hafta (1-sinflar uchun 33 hafta)ni tashkil qiladi.
O‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari quyidagicha belgilangan:
kuzgi ta’til — 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
qishki ta’til — 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
bahorgi ta’til — 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;
yozgi ta’til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentyabrgacha.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Саудия Арабистони чемпионатида тўпурарлик маҳоратини намойиш қилиб келаётган “Ан-Наср” ҳужумчиси Криштиану Роналду футболдан ташқари маиший муаммоларга эътибор қаратишига тўғри келмоқда.
Россия АҚШ билан кенг кўламли келишув тузишга интилмоқда. Бу келишув Москванинг постсовет ҳудудидаги, жумладан Украинадаги таъсир доираларини тан олиш ҳамда Европадаги мавқеини мустаҳкамлашни ўз ичига олиши мумкин.
Мессенжер асосчисининг ўз каналида ёзишича, Telegram фақат жиноят содир этганликда гумон қилинаётган шахсларга оид IP-манзиллар ва телефон рақамларини ошкор қилган, бироқ шахсий ёзишмаларни эмас. Шаҳсий ёзишмалар ҳеч кимга ва ҳеч қачон ошкор этилмаган.
Хитой ноядровий водород бомбасини синовдан муваффақиятли ўтказди. Бу ҳақда South China Morning Post ўтган ойда эълон қилинган тадқиқотга асосланиб хабар берди.
Янги сунъий йўлдош тасвирлари илк бор Хитой ва Жанубий Корея оралиғидаги Сариқ денгизда икки мамлакат ўртасидаги муносабатларни кескинлаштирган улкан пўлат иншоотни аниқлади.