Sarimsoq soch o‘stirishi rostmi?

Sarimsoq soch o‘stirishi rostmi?

Sarimsoqdagi efir moyi qon tomirlar harakatini kuchaytirishi natijasida yog‘ bezlari ishlashini yaxshilaydi. Bundan soch o‘sishi tezlashadi, boshdagi qazg‘oq yo‘qoladi. 

Soch to‘kilishining oldini olishda ham uning nafi bor. Undan sochning holatiga qarab foydalaniladi. Jumladan, soch to‘kilayotgan bo‘lsa, ayniqsa, tepakal holidagi soch to‘kilishi boshlanishida bir bosh sarimsoqning 2-3 pallasini qirib o‘tkazib, hosil bo‘lgan bo‘tqasimon suyuqlikni boshning kerakli yeriga surtiladi. Buni 7-10 kun davomida har kuni qaytarib turiladi. Yanchilgan sarimsoq boshda 2 soat turgandan so‘ng sovun bilan yuvib tashlanadi. 

Sochni o‘stirish va boshdagi kepakni yo‘qotish uchun haftada 1 marotaba bu muolajani bajarib turish kerak. Soch quruq bo‘lsa, sarimsoq bo‘tqasini dokadan o‘tkazib unga biroz o‘simlik moyi aralashtirib, so‘ng boshga surtish kerak. Yog‘li sochga moy aralashtirish shart emas. Har ikki holda ham bu muolajani ikki-uch oydan kam qilmang. 

Sochga sarimsoq surtgandan so‘ng boshga ro‘mol o‘ramang. Negaki, bosh terisi achishishi mumkin.  Sarimsoq maydalangandan 300 soat keyin ham fitonsidlar ajratadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!