Sanoat siyosati tadqiqotlari markazi tashkil etiladi

Sanoat siyosati tadqiqotlari markazi tashkil etiladi

​​Sanoat siyosati tadqiqotlari markazi tashkil etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatdagi qulay biznes muhiti samarasida so‘nggi yillarda chet el korxonalari 5 mingtadan 16 mingtaga ko‘paydi. Har bir tuman va shaharga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar kirib keldi.

Yil boshidan 764 million dollar xorijiy investisiya o‘zlashtirilgani, 1,3 mingta yirik va o‘rta loyihalar ishga tushirilgani qayd etildi. Eksport 3 milliard dollarni tashkil qilgan.

Prezident bu natijalar yetarli emasligini, dunyodagi hozirgi murakkab vaziyatda ikki karra ko‘proq harakat qilish kerakligini ta’kidladi.

Shu bois prezident ishga tushadigan loyihalar ijrosini hududlar va tarmoqlar kesimida kunlik nazorat qilib, muammolarni hal qilib borish zarurligini ta’kidladi. 304 ta yirik va 3 mingta hududiy loyihalarni ishga tushirilishi natijasida shu yilning o‘zida 10 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish va 200 million dollarlik eksport qilish imkoniyatlari mavjud.

Yuqori texnologik va qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni mahalliylashtirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish tizimini joriy qilish, Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligida Sanoat siyosati tadqiqotlari markazini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!