Sankt-Peterburgda maktab o‘quvchisi "Parasetamol" dorisi tufayli reanimasiyaga yotqizildi

Sankt-Peterburgda maktab o‘quvchisi "Parasetamol" dorisi tufayli reanimasiyaga yotqizildi

Sankt-Peterburgda 15 yoshli maktab o‘quvchisi "Parasetamol" dorisi bilan zaharlanib, intensiv terapiya bo‘limiga tushdi. Bu haqda "Nevskiye Novosti" portali xabar bermoqda.

O‘smir qiz og‘ir ahvolda Filatov bolalar shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Shifokorlar unga antipiretik dori bilan zaharlanish tashxisini qo‘yishdi.

Sankt-Peterburg polisiyasi voqeaning boshqa holatlarini aniqlashga kirishdi, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!