Samvel Babayan "Navbahor" klubi bosh murabbiyiga aylandi

Samvel Babayan "Navbahor" klubi bosh murabbiyiga aylandi

Samvel Babayan "Navbahor" klubi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Bugun yurtimizning taniqli mutaxassislaridan biri, “Paxtakor” jamoasi bilan ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgan, shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasida ham faoliyat yuritgan Samvel Vyacheslavovich Babayan “Navbahor” PFK bilan shartnoma imzoladi.

Jamoamiz 2022 yilgi mavsumni Samvel Babayan bosh murabbiyligida boshlaydi.

Biz “Navbahor”ning Samvel Vyacheslavovich qo‘l ostida yuksak natijalarni qo‘lga kiritishi va shonli tarixini qaytarishiga tilakdoshmiz", deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!