“Samsung” Xitoyda smartfon ishlab chiqarishni to‘xtatdi!

“Samsung” Xitoyda smartfon ishlab chiqarishni to‘xtatdi!

Mahalliy raqiblari bilan bo‘lgan kuchli raqobati tufayli “Samsung” dunyodagi eng yirik smartfon bozorida ishlab chiqarishini to‘xtatdi.

“Samsung”ning Xitoydagi oxirgi smartfonlari partiyasi mamlakat janubidagi Xoyjou shahridagi zavodda iyun oyida chiqqan edi.

Xitoyning mahalliy texnologik kompaniyalari, jumladan, “Huawei”, “Xiaomi”ning bozordagi ulushi ortishi ortidan Samsungning Xitoy bozoridagi hissasi 2013 yilgi 15 foizdan hozirda 1 foizga tushgan.

«Xitoyda odamlar mahalliy kompaniyalarning arzon smartfonlarini sotib olishyapti. Agar qimmatroq telefon kerak bo‘lsa, “Apple” yoki “Huawei”ning smartfonlari xarid qilinayapti. “Samsung”  ushbu bozorda o‘z o‘rnini qaytarib olishiga ko‘zi yetmayapti», deydi “Cape Investment & Securities” kompaniyasi tahlilchisi Park Sung Soon.

“Samsung” Xoyjou zavodida ishlovchi xodimlar sonini aytishdan bosh tortdi. Zavod 1992 yilda qurilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!