Samovar ustida giyohvandlik o‘simliklarini yetishtirayotgan erkak ushlandi

Samovar ustida giyohvandlik o‘simliklarini yetishtirayotgan erkak ushlandi

2021 yil 14 aprel kuni Sayxunobod tumani IIB xodimlari tomonidan 1959 yilda tug‘ilgan Sayxunobod tumani «Ittifoq» mahallasida yashovchi fuqaro R.YU.ning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, yuvinish xonasi bilan tovuqxonasi oralig‘ida turgan samovarning ustida tuproq solingan ikki dona polietilen tuvakning ichida bo‘yi 3-4 sm 2 tup nasha giyohvandlik o‘simligini (EKBning xulosasi) ekib, parvarishlab o‘stirayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan. 

Bu haqda IIV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi xabar berdi.

Sayxunobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan R.YU.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!