Samarqanddagi kafeda mast mijozni urib o‘ldirgan yigit 8 yilga qamaldi

Samarqanddagi kafeda mast mijozni urib o‘ldirgan yigit 8 yilga qamaldi

Samarqanddagi kafeda sodir bo‘lgan janjalda mast mijozni urib o‘ldirgan yigitga sud hukmi o‘qilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 15 may kuni Samarqand shahridagi kafelardan birida A. ismli yigit boshqa bir mijoz spirtli ichimlik ta’sirida mast bo‘lgan D. bilan o‘zaro tortishib qolgan. So‘ng sodir bo‘lgan mushtlashuvda A. D.ni do‘pposlagan. Oqibatda D. og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida o‘tkazilgan sud majlisida A. Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandida (o‘limga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topgan. Sud unga 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.

Qayd etilishicha, tergov jarayonlarida va sud paytida A. o‘z aybiga iqror bo‘lmagan. U marhum bilan tortishgani va urganini tan olgan, ammo uni urib o‘ldirib qo‘yganini tan olmagan. Sud jarayonida kafeda o‘rnatilgan videokuzatuv kamerasidan olingan tasvirlar va sudga oid tibbiy ekspertiza xulosalari marhum mushtlashuv paytida do‘pposlangani ortidan vafot etganini ko‘rsatgan.

Sud raisi tomonlarga (shu jumladan ayblanuvchiga) hukmning mazmun-mohiyatini tushuntirib bergan. Qaror qat’iy emasligini va hukmdan norozi bo‘lganlar tegishli tartibda shikoyat kiritishi mumkinligini eslatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Bildirilgan fikrlar (4 )

    Бор юги 8 йилми
    Унданам озни бериш кк эди пиянистани тиригидан улиги кимматга тушибди
    dilirabo
    Одам у́лдирганга атиги 8 йил берилса
    Madina
    Mast kishini urib oʻldirganga 8 yil berilgan boʻlsa unda nima uchun mast oʻgʻlini oʻldirgan otaga 20 yil berildi.