Samarqandda YPX xodimini kaltaklagan fuqaroga elektroshoker qo‘llandi

Samarqandda YPX xodimini kaltaklagan fuqaroga elektroshoker qo‘llandi

Samarqand viloyati IIB YPX katta inspektori katta serjant D.Bobotayev va YPX inspektori safdor O.Ergashevlar 31 may kuni soat 08:35da Pastdarg‘om tumani «Po‘latchi» mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-46 avtomobil yo‘lining 25 km.da xizmat olib borishi davomida «Juma dehqon bozori» oldida 3.27 yo‘l belgisi ta’siri ostiga qo‘yilgan transport vositalarini planshet moslamasiga rasmga tushirib, ularning yoniga «Lasetti» rusumli avtomashina kelib, haydovchisi 1994 yilda shu tumanda yashovchi fuqaro A.CH. avtomashinadan tushib, hech bir sababsiz «nima sababdan meni avtomashinamni fotosuratga olding»-deb tortishganligi, shu vaqtda katta serjant D.Bobotayevni kiyimini chap tomon pogonini yulib olib, uni urib tan jarohati yetkazgan.

Shu sababli, fuqaro A.CH. tomonidan sodir etilayotgan qarshilik holatini to‘xtatish uchun safdor O.Ergashev xizmatda foydalanish uchun berilgan elektroshoker moslamasini fuqaroning chap yelka sohasiga qo‘llagan.

Pastdarg‘om tuman Tibbiyot birlashmasining shu kundagi ma’lumotnomasiga ko‘ra, fuqaro A.CH.ning chap ko‘l yelka qismida teri usti qizarishi jarohati mavjudligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat bo‘yicha Pastdarg‘om tuman prokuraturasining shu kundagi xizmat tekshiruvi o‘tkazish haqidagi xati va IIV SHXBB Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasining ma’lumotnomasi asosida viloyat IIB YHXB tomonidan 7 iyun kuni xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, tekshiruv davomida RSTEIAM Samarqand filiali STE bo‘limining 1 iyun kunidagi 1399-son ekspert xulosasiga ko‘ra, D.Bobotayevni chap ko‘z yuqori va pastki qovoq sohasida qontalash va shilinma, chap ko‘z olmasi oqish pardasiga qon quyilishi, chap olmasi o‘rta darajali lat yeyishi, ko‘rish o‘tkirligi pasayishi kabi jarohatlari aniqlangan bo‘lib, ular o‘tmas qattiq jismlar ta’sirida yetkazilganligi, ushbu jarohatlar “engil sog‘liqni buzilishiga sabab bo‘lgan tan jarohatlari” guruhiga kirishligi, yetkazilgan vaqti 31 may kuniga to‘g‘ri kelishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

Xizmat tekshiruvi davomida, YPX inspektorlari IIVning tegishli buyruq talablari asosida harakat qilganligi bo‘yicha xulosa qilinib, xulosa va to‘plangan hujjatlar Pastdarg‘om tumani prokuraturasiga yuborilgan.

7 iyun kuni fuqaro A.CH.ga nisbatan JKning 277-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirgi kunda Pastdarg‘om tumani prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!