Samarqandda kollejda o‘qiydigan qiz sherigi bilan o‘zi yashayotgan uyni o‘mardi

Samarqandda kollejda o‘qiydigan qiz sherigi bilan o‘zi yashayotgan uyni o‘mardi

Shu yil 19 yanvar kuni noma’lum shaxs Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yashovchi O‘.B.ning uyiga bostirib kirib, uning birga yashovchi 16 yoshli nabirasi B.O‘.ning boshiga noma’lum jism bilan urib, u yerdan pullari va zargarlik buyumlarini olib, voqea joyidan yashiringan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, B.O‘. olgan jarohatidan kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni uy egasi O‘.B.ning birga yashovchi jiyani, Samarqand pedagogika kolleji 2-bosqich o‘quvchisi S.N.(ismli qiz) va Gulakandoz mahallasida yashovchi, Charxin ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji 2-bosqich o‘quvchisi, muqaddam sudlangan N.S.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!