Samarqandda kelin "uksus" ichib, o‘z joniga qasd qildi. Marhumaning o‘limi tekshirilmoqda

Samarqandda kelin "uksus" ichib, o‘z joniga qasd qildi. Marhumaning o‘limi tekshirilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrining “Bog‘bonlar” mahallasida yashovchi kelin o‘z joniga qasd qilganligi haqida xabar e’lon qilingan.

Aniqlanishicha, 2022 yil 24 iyun kuni Samarqand shahri “Bog‘bonlar” mahallasi Yangravot ko‘chasida yashovchi 11.01.1993 yilda tug‘ilgan N.M. “uksus kislotasidan o‘tkir zaharlanish” tashxisi bilan RSHTTYOM Samarqand filiali xirurgiya bo‘limiga yotqizilgan.

2022 yil 27 iyun kuni N.M.ga ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Hodisa joyiga tezkor-tergov guruhi chiqib, ko‘zdan kechirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Marhuma N.M.ning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy tekshiruvga yuborilgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazoratga o‘rnatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!